Osmon Yoqubov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Osmon Yoqubov (1911.21.8, hozirgi Shahrixon tumani — 1944.22.6, Vitebsk viloyati, Belorussiya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941 yil dekabrdan armiyada; 1942 yil yanvardan frontda. 201-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Boltiqboʻyi fronti 6-gvardiyachi armiyaning 67-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi. Yoqubov Vitebsk viloyatining Sirojino tumanidagi Orexi qishlogʻida boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatib, shu jangda halok boʻlgan. 1944 yil 23 iyulda (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Andijondagi oʻzi oʻqigan 22maktabga Yoqubov nomi berilgan.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Сергей Каргапольцев. Якубов Осман. warheroes.ru