Oscar Hiljemark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oscar Hiljemark
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oscar Karl Niclas Hiljemark[1]
Tavallud sanasi 28-iyun 1992-yil (1992-06-28) (31 yosh)
Tavallud joyi Gislaved, Shvetsiya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AaB (assistent)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2008 Gislaveds IS
2008—2010 IF Elfsborg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 IF Elfsborg 61 (5)
2013—2015 PSV 49 (2)
2015Jong PSV 3 (0)
2015—2017 Palermo 53 (4)
2016—2017Genoa (ijara) 14 (2)
2017—2020 Genoa 32 (1)
2017—2018Panathinaikos (ijara) 16 (2)
2019—2020Dynamo Moscow (ijara) 14 (0)
2020—2021 AaB 11 (1)
Milliy terma jamoa
2009 Shvetsiya U17 3 (1)
2009-2010 Shvetsiya U19 10 (2)
2011—2015 Shvetsiya U21 37 (4)
2012—2020 Shvetsiya 28 (2)
Boshqargan klublari
2021— AaB (assistent)
2022 AaB
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oscar Carl Niclas Hiljemark (talaffuzi: Oskar Karl Niklas Xiljemark; 1992-yil 28-iyunda Shvetsiyada tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, yarim himoyachi. U Shvetsiya terma jamoasida oʻynagan. 2016-yilgi Yevropa chempionati va 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Endi u murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Elfsborg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yil 26-sentabrda Allsvenskan ligasida „Idrottsföreningen Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[3]. 27-iyun kuni „Syuriansk“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Elfsborg“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[4]. 2012-yilda Hiljemark klubga Shvetsiya chempionatida g‘alaba qozonishga yordam bergan. Keyingi ikki mavsum yakunlariga koʻra, u liganing eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 9-fevralda Portugaliya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahsda u Shvetsiya yoshlar terma jamoasi safida debyut qilgan.

2011-yil 18-yanvarda Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan[5]. Oʻsha uchrashuvda u oʻzining birinchi golini urgan.

2015-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida u Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda u Daniya, Italiya, Angliya va ikki marta Portugaliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8][9][10]. Daniyaliklarga qarshi kechgan bahsda u gol urgan.

2016-yilning yozida u milliy terma jamoaning Fransiyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun tarkibga kiritilgan. U turnirda zaxiradan maydonga tushmagan.

2016-yil 10-oktabr kuni JCh—2018 saralash bosqichi doirasida Bolgariyaga qarshi o‘yinda Xilyemark milliy terma jamoa safida rasmiy o‘yinda birinchi golni urgan[11].

2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Janubiy Koreya va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13].

2021-yilda u 28 yoshida son jarohati tufayli nafaqaga chiqqan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
IF Elfsborg Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2010—2013 75 8
PSV Eindhoven Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 2013—2015 65 2
U. S. Palermo Italiya bayrogʻi Italiya 2015—2016 55 4
Genoa C. F. C. Italiya bayrogʻi Italiya 2017—2019 47 3
Panathinaikos F. C. (Cesión) Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 2017—2018 19 2
F. C. Dinamo Moscow Rossiya bayrogʻi Rossiya 2019—2020 15 0
Aalborg BK Daniya bayrogʻi Daniya 2020—2021 11 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  2. „Oscar Hiljemark – Genoa Cricket and Football Club – Official Website“.
  3. „Броммапойкарна VS. Эльфсборг 2:2“ (en). soccerway.com (2010—09—26).
  4. „Эльфсборг VS. Сюрианска 2:1“ (en). soccerway.com (2011—06—27).
  5. „Кипр VS. Швеция 0:2“ (en). soccerway.com (2011—02—08).
  6. „Дания (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:4“ (ru). soccerway.com (2015-yil 27-iyun).
  7. „Италия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 18-iyun).
  8. „Швеция (до 21) VS. Англия (до 21) 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 21-iyun).
  9. „Португалия (до 21) VS. Швеция (до 21) 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 24-iyun).
  10. „Швеция (до 21) VS. Португалия (до 21) 0:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 30-iyun).
  11. „Швеция VS. Болгария 3:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 10-oktyabr).
  12. „Швеция VS. Южная Корея 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 18-iyun).
  13. „Мексика VS. Швеция 0:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-iyun).