Ortiq Otajonov
Ortiq Otajonov | |
---|---|
Tavalludi |
30-yanvar 1947-yil |
Vafoti |
17-may 2019-yil (72 yoshda) Toshkent |
Kasbi | xonanda |
Faoliyat yillari | 1967-2019 |
Unvoni | Oʻzbekiston Xalq Artisti (1991) |
Bolalari | Ulugʻbek Otajonov |
Mukofotlari |
Ortiq Otajonov (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Xorazm viloyati Bogʻot tumani Jdanov (hozir Navoiy) nomli kolxozda tavallud topgan. Maktabni 7-sinfgacha Bogʻotda, davomini Urganchda oʻqigan. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov. shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. Oʻzbekiston televideniyesida „Ortiq Otajonov“ film-konserti yaratilgan. O. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.[1]
Oʻzbekiston Xalq Artisti unvonining ilk sohibi. 1991-yil 8-noyabrda Oʻzbekiston Xalq Artisti unvoni ilk marta Ortiq Otajonovga Islom Karimov tomonidan shaxsan topshirilgan.
Ortiq Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Otajonova Chinni Matchonovna - onasi (1927.3-2008.3)
- Safarboy Otajonov - ukasi, Jahongir Otajonovning otasi.
- Qoʻzivoy Otajonov - ukasi.
- Ulugʻbek Otajonov — oʻgʻli.
- Zokir Otajonov - oʻgʻli
- Karomat Otajonova — katta qizi.
- Xosiyat Otajonova - qizi
- Ali Otajonov — nabirasi.
- Mardon Otajonov - nabirasi
- Kamron Otajonov - nabirasi
- Umrbek Otajonov - nabirasi, Ulugʻbek Otajonovni oʻgʻli
- Behzod Otajonov - nabirasi
- Islom Otajonov - nabirasi
- Nodir Otajonov - nabirasi
- Jahongir Otajonov — jiyani, ukasi Safarboy Otajonovning oʻgʻli
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston xalq artisti
- Mehnat shuhrati ordeni (2021-yil)[2];
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |