Grigoriy Orjonikidze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grigoriy Konstantinovich Orjonikidze [1886.12(24).10, Kutaisi gubernyasi Sharopansk uyezdi — 1937.18.2, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatish ishtirokchisi. 1922 yil aprel—mayda Turkistonda boʻlib, bu yerda sovet rejimi va Kizil armiyaga karshi kurashayotgan milliy kuchlarni tor-mor qilish rejalarini ishlab chiqqan. O. RKP (b) MK Turkiston byurosi oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzishning tashabbuskori (1922 yil may). VKP (b) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1930 yildan). SSSR ni industrlashtirishda katta kuch-gʻayrat sarflagan. Ommaviy qatagʻonlar davrida I. V. Stalin bilan ixtilofga borgan va oʻzini otib oʻldirgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Rajabov Q., Buxoroga Qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil