Valerian Kuybishev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Valerian Vladimirovich Kuybishev (1885.25.5, Omsk – 1935.25.1, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrvatgan sovet siyosatchilaridan biri. 1919 yil oktabrdan Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston Komis-siyasi (qarang Turkkomissiya) raisining oʻrinbosari va raisi sifatida Turkistonda bolsheviklar hukmronligini qaror toptirishda gʻoyaviy-siyosiy rah-barlik qildi. 1920–21 yillarda M. V. Frunzenit yaqin yordamchisi boʻlib, Turkiston fronti siyosiy boshkarma-sining boshligʻi, RSFSR va RKP(b) MKning BXSRdagi muxtor vakili. Keyingi yillarda ittifoq partiya, kasaba uyushmasi, sovet va xoʻjalik ishlarida ishladi. Butunittifoq KP(b) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1927 yildan). K. Buxoro Xalq, Respubli-kasini Buxoro Xalq Sovet Respubli-kasiga aylantirish tashabbuskori (1920 yil 6 oktabr). 1934 yil noyabrda Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston SSRda boʻlib, faqat Oʻzbekistonning oʻzida koʻplab okrug va tumanlarning rahbarlari, shuningdek, 30 ta tumandagi yuzdan ortiq kolxoz raislari hamda oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini qatagʻon qildirdi.[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. "KUYBISHEV Valerian Vladimirovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davri-da], T., 2000.