Ordibehisht

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ordibehisht ‌ yoki Ardibehisht (forscha: اردیبهشت)[1] — Eron va Afgʻonistonning rasmiy hijriy yil taqvimi ikkinchi oyi[1] boʻlib, 31 kundan iborat[1]. Grigoriy taqvimiga koʻra aprel va may oylariga toʻgʻri keladi. Dariy tilida ushbu oy nomi Saur yoki Sovr deb ataladi.

Muchal yili burjlariga koʻra Ordibehisht oyi Buzoq burjiga toʻgʻri keladi.

Ordibehesht oyi bahor faslining ikkinchi oyi hisoblanib, undan keyin Xordad oyi keladi[1].

Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1265-yil Ordibehisht oyining 13-kuni — Chikagodagi ishchilar guruhlariga qarshi birinchi politsiya toʻqnashuvi sodir boʻlgan.
  • 1299-yil Ordibehisht oyining 19-kuni — Kiyev Gʻalaba paradi (1920) oʻtkazilgan.
  • 1324-yil Ordibehisht oyining 5-kuni — Milliy ozodlik qoʻmitasi fashistlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Italiya Ijtimoiy Respublikasiga qarshi urush eʼlon qilgan.
  • 1324-yil Ordibehisht oyining 18-kuni — Yevropada Ikkinchi jahon urushining yakunlangan.
  • 1346-yil Ordibehisht oyining 1-kuni — Gretsiya Qirolligida davlat toʻntarishi sodir etilgan.
  • 1353-yil Ordibehisht oyining 3-kuni — Chinnigullar inqilobi (Portugaliya imperiyasi) sodir boʻlgan.
  • 1354-yil Ordibehisht oyining 13-kuni — Saygonning qulashi (Vyetnam urushining bir qismi) sodir boʻlgan.
  • 1357-yil Ordibehisht oyining 7-kuni — Saur inqilobi sodir boʻlgan.
  • 1365-yil Ordibehisht oyining 6-kuni — Chernobil fojiasi (Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Ukraina SSR) sodir boʻlgan.
  • 1377-yil Ordibehisht oyining 22-kuni — Suhartoning qulashi (1998-yil Indoneziyada Trisakti otishmasidan keyin tartibsizliklar sodir boʻlgan, shuningdek, Suharto 31-Ordibeheshtda Indoneziya prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqqan) sodir etilgan.
  • 1382-yil Ordibehisht oyining 26-kuni — 2003-yilgi Kasablanka portlashlari (Marokashdagi musulmon jangarilar tomonidan sodir etilgan bir qator xudkush portlashlar) sodir etilgan.

Bayramlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 4 yoki 5-Ordibehesht — Ozodlik kuni (Portugaliya).
  • 5 yoki 6-Ordibehesht — Anzak kuni va Ozodlik kuni (Italiya).
  • 10-Ordibehesht — Fors koʻrfazi milliy kuni.
  • 11 yoki 12-Ordibehesht — Xalqaro mehnatkashlar kuni va AQShning sodiqlik kuni.
  • 15 yoki 16-Ordibehesht — Yulduzli urushlar kuni.
  • 18 yoki 19-Ordibehesht — Yevropada gʻalaba kuni.
  • 19 yoki 20-Ordibehesht — Gʻalaba kuni (9-may), Yevropa kuni.
  • Ordibehisht oyi soʻnggi shanbasi — AQSh Qurolli Kuchlari kuni.

Vafot etganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1373-yil Ordibehisht oyining 2-kuni — Amerika Qoʻshma Shtatlarining 37-prezidenti Richard Nixon vafot etgan.
  • 1391-yil Ordibehisht oyining 17-kuni — eronlik kinorejissyor va aktyor Iraj Ghaderi vafot etgan.
  • 1392-yil Ordibehisht oyining 24-kuni — Eronning oʻn ikki imom marjasi Muhammad Ezodin Husayniy Zanjoniy vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Months and Seasons – Persian Vocabulary“ (2014). Qaraldi: 2014-yil 8-sentyabr.