Kontent qismiga oʻtish

Oq goʻr jome masjidi

Koordinatalari: 40°59′49″N 72°36′41″E / 40.99694°N 72.61139°E / 40.99694; 72.61139
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Oq goʻr jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Andijon
Manzil Andijon shahar Maorif MFY, N.Hakimov ko‘chasi №37 uy.
Koordinatalar 40°59′49″N 72°36′41″E / 40.99694°N 72.61139°E / 40.99694; 72.61139
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi jome masjid
Soʻngi imom Siddiqboyev Valijon[1]
Umumiy maydoni 2000 m2
Hajmi 1100 kishi
Tarovih
Kutubxona

Oq goʻr jome masjidi – Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan masjid[2]. Masjid 1992-yil 16-dekabr oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 1998-yilda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Masjid binosi 1899-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjid eski “Oq go‘r” qabristoni yakinida bo‘lgani uchun ayni shu nom bilan nomlangan.

Masjidda 310m2 yopiq ayvon va bir qancha yordamchi xonalar qurilgan. 1991-yilda esa asosiy xonaqoh va ayvon qurib bitkazilgan. Masjidning umumiy yer maydoni 1808,11 kv metr, binolar maydoni esa 1021,51 kv metr, sahn qismi 820,54 kv metrni tashkil qiladi. 2013-2014-yillari masjid tahoratxonasi ta’mirga muhtoj bo‘lib qolganligi sababli tahoratxona binosi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan. O‘tgan yillar davomida kichik ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lib, namozxonlarga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Binoda bir vaqtning oʻzida 1100 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 950 dona ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud.

  1. „Оқ гўр жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
  2. „Xarita“. Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.