Oppengeymer Robert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OPPENGEYMER (Oppenheimer) Robert (1904.22.4, Nyu-York — 1967.18.2, Prinston) — amerikalik fizik. Garvard universitetini tugatgan (1925), Kembrij va Gyottingen universitetlarida ham oʻqigan (1925—27). Leyden va Syurixda ishlagan (1928—29), Kaliforniyadagi universitet va texnologiya instituti prof. (1929), Prinstondagi Fundamental tadqiqotlar instituti direktori (1947 yildan). Ilmiy ishlari kvant mexanika, kosmik nurlar fizikasi, nisbiylik nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, neytron yulduzlar nazariyasiga oid. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45)da Los-Alamosdagi yadro lab.siga rahbarlik qilgan, atom bombasining yaratilishida faol ishtirok etgan. Vodorod bombasini joriy etishga qarshilik koʻrsatgani va atom energiyasidan fakat tinch maqsadlarda foydalanish tarafdori boʻlganligi uchun 1954 yilda maxfiy ishlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha vazifalaridan chetlatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil