Onesiya Saitova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Onesiya Saitova
Onesiya Saitova Saidovna
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-fevral 1949-yil
Chimboy tumani
Qoraqalpogʻiston ASSR
OʻzSSR
SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati qoraqalpoq
Taʼlim Andijon davlat tibbiyot instituti
Kasbi Shifokor, akusher-ginekolog
Dini Islom
Maʼlumoti Oliy
Unvoni Oʻzbekiston qahramoni

Onesiya Saitova Saidovna (1-fevral, 1941-yil, Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, O'zbekiston SSR, SSSR) — oliy toifali doktor (shifokor), akusherlik va ginekologiya — tibbiyot sohasining fidoiy vakili. Oʻzbekiston qahramoni oliy unvoni (1997) sohibasi. O'zbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimining nomdor vakillaridan biri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarjibali ginekolog hamda akusher boʻlmish shifokor Onesiya Saitova 1949-yilning 1-fevral sanasida hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tamomlagach tibbiyot sohasiga qiziqishi hamda intiluvchanligi bois Andijon davlat tibbiyot institutiga oʻqishga topshiradi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan holda oʻqishga qabul qilinadi hamda 1972-yilda ushbu taʼlim dargohini tamomlaydi[1].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy toifali shifokor boʻlmish O.Saitova oʻz faoliyatini, dastlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy tugʻuruqxonasida boshlagan. 1973—1977-yillar oraligʻida Shoʻmanoy tumanida joylashgan Qirovqishloq akusher-ginekologi lavozimida faoliyat olib boradi. 1977-yildan 1980-yilgacha boʻlgan davr mobaynida Respublika tugʻuruqxonasida boʻlim shifokori, 1985—1989-yillarda esa Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash va­zirligining bosh akusher-ginekologi sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib boradi[1].

Koʻp yillik tajribaga ega akusher-ginekolog Onesiya Saitova 1989—1993-yillar oraligʻidagi davr mobaynida Qoraqalpogʻiston Respub­likasi 1-sonli tugʻuruqxona bosh shifokori sifatida, 1993—1999-yillarda esa Qoraqalpogʻiston Respub­likasi Onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi tugʻuruqxonasi boʻlim mudiri lavomizlarida sidqidildan mehnat qilib keladi[1].

1999—2000-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti Nukus filiali 1-sonli tugʻuruqxona boʻlimi mudiri lavozimida mehnat qiladi. 2008-yildan buyon mazkur tadqiqot markaziga qarashli 4-sonli tugʻuruqxona mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Onesiya Saitova koʻp yillar mobaynida ayollarning onalik baxtiga muyassar boʻlishiga sabab boʻlib kelgan. Ilk mehnat faoliyatini boshlagandan beri tajribali shifokor 3000 dan ortiq jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli oʻtkazgan[1].

Shifokor — tajribali ginekolog, koʻplab oliy darajali shifokorlarning ustozi — Onesiya Saitova 1997-yilda, tibbiyot sohasidagi uzoq muddatli va samarali faoliyati uchun tashakkur sifatida prezident Islom Karimov farmoniga binoan, „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlanadi[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Zaripova, Ra'no „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing“. Gujum.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. O'zbekiston milliy axborot agentligi „“Ўзбекистон Қаҳрамони“ унвонини олган ўн олти нафар аёл (+сурат)“. UzA.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
  3. «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan ayollar kimlar? „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan ayollar:“. Aniq.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.