Olusegun Obasanjo
Jump to navigation
Jump to search
OBASANJO (Obasanjo) Olusegun (1937.5.3, Abeokuta shahri) — Nigeriya davlat arbobi. General.
Biografiya[tahrir]
- Abeokutadagi baptistlar maktabini tugatgan.
- Angliya va Hindistondagi harbiy oʻquv yurtlarida oʻqigan. Nigeriya armiyasida turli lavozimlarda ishlagan.
- 1975—76 yillarda Nigeriya qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi.
- 1976—79 yillarda Nigeriya Federativ Respublikasi va federal harbiy hukumat boshligʻi, Oliy harbiy kengash raisi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni.
- 1979 yil 1 okt.da hokimiyatni fuqaro maʼmuriyatiga topshirgan va oʻz fermasida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. Ayni paytda siyosiy faoliyatini ham davom ettirgan: turli xalkaro tashkilotlar ishida faol qatnashgan. Nigeriya hukumati faoliyatini tanqid qilganligi va unga oppozitsiyada boʻlganligi uchun 1995—98 yillarda qamoqda boʻlgan.
- 1999 yilgi prezident saylovida gʻalaba qozongan va shu yildan Nigeriya Federativ Respublikasi prezidenti.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |