Oltoy trolliusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltoy trolliusi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Trollius
Oila: Ayiqtovondoshlar
Binar nomi
Trollius altaiucus

Oltoy trolliusi (lotincha: Trollius altaiucus) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ayiqtovondoshlar oilasi, trollius turkumiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom va Chatqol tizmalarida tarqalgan[1].

Turni birinchi marta rus botanigi Karl Antonovich Meyer 1831-yilda tasvirlab bergan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 20-60 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Ildizi oʻq ildiz, shingilsimon tuzilgan. Poyasi oddiy tuzilgan, kam shoxlangan. Ildizoldi barglari uzun bandli, panjasimon 5 boʻlakli, poya yuqorisidagi barglari bandsiz. Gullari ikki jinsli, poya uchida yakka yakka oʻnashgan, diametri 5-6 sm, kosachabarglari 10-20 ta, keng tuxumsimon. Gultojibarglari toʻq sariq yoki tillarang, ingichka, eni 1 mm, chetlari toʻq qizil tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Changlanganidan keyin gul markazida qora dogʻ paydo boʻladi. May iyul oylarida gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Mevasi sharsimon, biroz egilgan. Urug'lari silliq, qora, qirrali. Urug‘lari yordamida koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Kichik toʻplamlar hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati Chatqol va Piskom tizmasi hududida uchraydi. Dengiz sathidan 1900-2300 m balandlikda daraxt, butalar orasida, soylar boʻyida, sernam va unumdor tuproqlarda oʻsadi. Xalq tobobatida ham ishlatiladi. Mahalliy aholi tomonidan yigʻib olinishi natijasida areali qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Trollius altaicus C.A. Mey“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.