Oltingugurtli oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltingugurtli oʻgʻitlar - tarkibida oltingugurti boʻlgan va oʻgʻit sifatida ishlatiladigan birikmalar. Kaliy, magniy, ammoniy sulfatlari, fosfogips va boshqa, shuningdek, qis-man oltingugurti boʻlgan jinslar O.oʻ. sifatida qoʻllaniladi. Oʻsimliklar uchun qoryomgʻir, goʻng va boshqa organik oʻgʻitlar oltingugurtning yaxshi manbai hisoblanadi. O.oʻ. tarkibida oltingugurt kam boʻlgan shoʻrxok va boshqa yerlarda qoʻllaniladi; qumoq kulrang tuprokli yerlarda kuproq samara beradi. Tuproqqa yiliga yogin bilan birga gektariga 8 kg gacha oltingugurt angidridi (SO3) tu-shadi. O.oʻ. koʻpchilik qishloq xoʻjaligi ekinlariga, ayniqsa, tanasida koʻp miqdorda oltingugurt tutadigan va uni aksariyat hollarda kamida fosforga teng miqdorda oʻzlashtiradigan butguldoshlar, dukkakdoshlar, kungaboqar va kartoshka uchun foydali. O.oʻ. bilvosita ugʻit tarzida ham ijobiy taʼsir kursatishi mumkin: tuproqdagi ortiqcha ishqoriylikni kamaytiradi, neytrallaydi, qiyin eruvchi fosfatlarning uzlash-tirilishini oshiradi, Sa, K, Mg, Fe larning eruvchanligini kuchaytiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil