Kungaboqar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kungaboqar
Kungaboqar (Helianthus annuus)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Boʻlim: Magnoliophyta
Turkum: Rosales
Oila: Rosaceae
Kenja oila: Maloideae
Urugʻ: Kungaboqar
Tur: M. domestica
Binar nomi
Malus domestica


Kungaboqar (Helianthus annuus L.) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani — Shimoliy Amerika. Yovvoyi holda oʻsadigan K.ni ispanlar Yevropaga 1510-yilda keltirganlar. Dastlab manzarali oʻsimlik sifatida ekilgan. Uzoq tanlash yoʻli bilan madaniy K. (dastlab pistasi chaqiladigan, soʻngra moy olinadigan xillari) yaratilgan. Rossiyaga 18-asrda Gollandiyadan keltirilgan va 19-asr oʻrtalarida katta maydonlarga ekilgan, urugʻidan moy olingan. Moy olinadigan K. Rossiyadan AQSH va Kanadaga tarqalgan. Yer yuzida K. ekiladigan maydonlar 22,84 mln. ga, yalpi hosili 28,5 mln. t, oʻrtacha hosildorlik 12,5 s/ga. Rossiya (3,9 mln. ga), Argentina (3,8 mln.ga), Ukraina (2,7 mln.ga), Hindiston (2,2 mln.ga), AQSH (1,3 mln.ga), Ruminiya (1 mln.ga), GFR (0,8 mln.ga), Turkiya (0,5 mln.ga), Oʻzbekiston (4 ming ga)da ekiladi (1999).

Ildizi oʻq ildiz, yaxshi rivojlangan, poyasi tik oʻsadi, dagʻal, yuqori qismi shoxlanadi, boʻyi 4 m ga boradi. Bargi oddiy, yirik, ketma-ket joylashgan, dagʻal tuklar bilan qoplangan. Toʻpguli savatcha (diam. 35—40 sm). Savatcha markazidagi gullar vaysimon, ikki jinsli, chetdagylari qizgʻish-sariq, tilsimon. Chetdan changlanadi. Mevasi — lista, 4 qirrali, rangi oq, kulrang, 1000 ta urugʻi vazni 100— 150 g. K. urugʻining kattaligiga, moyining miqdoriga va magʻzining chiqishiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: Moyli K. — pistasi mayda, 1000 donasining vazni 35—80 g, magʻzi tarkibida 53— 63% moy bor; chaqiladigan K. — pistasi yirik, 1000 donasining vazni 100—170 g, magʻzining tarkibida 20— 35% moy boʻladi (poyasidan silos ham bostiriladi); oraliq K, — hamma koʻrsatkichlari oʻrtacha.

K. urugʻi 4—6°da 10—15 kunda unib chiqadi. Maysasi — 6° sovuqqa bardoshli (qisqa qorasovuqlarga chidaydi). Issiqlikka talabchan, yorugʻsevar, qisqa kunli, qurgʻoqchilikka chidamli, namsevar oʻsimlik. Soya joyda yaxshi rivojlanmaydi. Oʻsuv davri 80—140 kun. Ozuqaga talabchan, 1 t pista va poyabarg hosil qilishi uchun 50–60 kg azot, 20—25 g fosfor, 120–160 kg kaliy talab qiladi.

K.dan, asosan, ovqatga ishlatiladigan kungaboqar moyi olinadi, silosbop navlaridan silos bostiriladi, chiqindilari (shrot va kunjarasi) chorva mollariga yuqori sifatli ozuqa.

K. erta bahorda tuproq harorati 8— 12° yetganda va takroriy ekin sifatida koʻzgi bugʻdoy va arpadan keyin ekiladi. Ekishdan oldin yer tekislanadi. Yer haydashdan oldin goʻng (20 t/ga), azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar solinadi. Ekish uchun rayonlashtirilgan navlar urugʻi keng qatorlab va punktir usulda 5—8 sm chuqurlikda ekiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda koʻchat qalinligi 60 ming tup/ga boʻlishi lo-zim (1 ga maydonga pista uchun 5–8 kg, silos uchun 35–40 kg urugʻlik sarflanadi). K. urugʻi ekishdan oldin zarar-kuvanda va kasalliklarga qarshi dorilanadi. Ekishda makkajoʻxori ekiladigan seyalkalardan foydalaniladi. Oʻsuv davrida qator orasi 2—3-marta kultivatsiya qilinadi, 5—6-marta su-gʻoriladi. Gullash davrida ekinzorda asalari uyalari qoʻyilsa K. gullari yaxshi changlanadi. Gullash davrida koʻp suv talab qiladi. Sugʻorish meʼyori 600– 800 m³/ga. K.ning yetilganligini savatining sariq-jigarrangga kirganligiga qarab aniqlash mumkin. Hosil don kombaynlarida maxsus moslama bilan oʻrib olinadi.

Navlari: Oʻzbekistonda VNI-IMK 8931, Chkalov giganti navlari ekiladi.

Zararkuvandalari: simqurtlar, soxta simqurtlar, kungaboqar ka-palagi, kemiruvchi tunlamalar va boshqa

Kasall i kl ari : oq chirish, kulrang chirish va boshqa, begona oʻtlardan shumgʻiya juda zararlidir.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vasilyev D. S, Podsolnechnik, M., 1990; Atabaye va H. va boshqa, Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.

Halima Otaboyeva.[1]

Kungaboqar — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani — Shimoliy amerika. Yovvoyi holda oʻsadigan Kungaboqarlarni ispanlar Yevropaga 1510-yilda keltirganlar. Dastlab manzarali oʻsimlik sifatida ekilgan. Uzoq tanlash yoʻli bilan madaniy Kungaboqar (dastlab pistasi chaqiladigan, soʻngra moy olinadigan xillari) yaratilgan. Rossiyaga 18-asrda Gollandiyadan keltirilgan va 19-asr oʻrtalarida katta maydonlarga ekilgan.


Kungaboqar yogʻi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil