Olma sousi qoʻshilgan keks
Olma sousi qoʻshilgan keks – olma sousi, un va shakar yordamida tayyorlanadigan shirinlik turi. Keksni tayyorlashda bir nechta turli masalliqlarni ham qoʻshish mumkin. Keksning kelib chiqish tarixi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi dastlabki mustamlakachilik davriga borib taqaladi. Anʼanaviy olma pirogi kuni (Applesauce Cake Day) AQShda har yili 6-iyunda nishonlanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olma sousi qoʻshilgan keksni tayyorlash Amerika Qoʻshma Shtatlarining shimoli-sharqidagi New-England koloniyalarida, dastlabki mustamlakachilik davrida boshlangan[1]. 1900-yildan 1950-yilgacha olma pirogi retseptlari Amerika oshxonasining koʻplab taomnoma kitoblaridan joy olgan[2][3]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida olma pirogi kuni har yili 6-iyunda nishonlanadi[4].
Masalliqlar va tayyorlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olma sousi qoʻshilgan keks – olma sousi, un va shakar yordamida tayyorlangan shirinlikdir. Uni tayyorlashda doʻkonda sotib olingan yoki uy sharoitida yetishtirilgan olmadan foydalanish mumkin[5]. Qoʻshimcha masalliqlarga tuxum, sariyogʻ, margarin yoki yogʻ, mayiz, xurmo, toʻgʻralgan olma, maydalangan yongʻoq (grek va amerika yongʻogʻi kabi), kakao kukuni va dolchin, muskat yongʻogʻi va xushboʻy qalampir kabi ziravorlar kiradi[1][6][7][8][9][10][11]. Shirinlikni tayyorlashning baʼzi variantlarida quritilgan yoki yangi, maydalangan zanjabil qoʻshilishi haqida yozilgan[12][13][7][12][14]. Tayyor keks ustiga qand upasi[15][16] yoki koʻpirtirilgan qaymoq bilan bezak berilgan holatda dasturxonga tortish mumkin[17]. Glutensiz olma keksini tayyorlashda guruch unidan foydalaniladi[18]. Tuxumsiz tayyorlangan olma keksida tuxum oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanilishi mumkin.
Olma sousi tarkibida mavjud boʻlgan suyuqlik tufayli olma pirogi quruq boʻlib qolmaydi[8]. Biroq, quyuq olma sousidan foydalanib tayyorlangan keks, standart olma sousidan foydalanib pishirilganidan koʻra quruqroq boʻladi[19]. Ishlatishdan oldin, sousning taʼmini yaxshilash uchun sous baʼzan bir-ikki kun alohida xonada saqlanadi[lower-alpha 1][lower-alpha 2].
Keksni har xil turdagi tort qoliplari yordamida tayyorlash mumkin, masalan, halqa shaklidagi bundt pirojniysi shaklida pshirish uchun bundt tovasidan, non shaklidagisini tayyorlashda esa maxsus tovadan foydalaniladi[21][22][20]. Olma sousidan tayyorlangan keks kapkeyk shaklida ham pishiriladi[13][14].
Turli variantlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olma sousi qoʻshilgan keks kofe keksi sifatida ham dasturxonga tortilishi mumkin[23][24][11]. Qoragʻat, klyukva va mayiz kabi mevalardan qoʻshimcha masalliq sifatida foydalanilish mumkin[25][26][27].
-
Olma-yongʻoqli kofe keksining yaqindan koʻrinishi
-
Olma sousi qoʻshilgan kekslar
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Ojakangas, Beatrice A.. Great Old-Fashioned American Desserts. University of Minnesota Press, 1987 — 239-bet. ISBN 978-1-4529-0711-6.
- ↑ Knapp, L.; Wyeth, N.C.; Bok, E.W.. Ladies' Home Journal. LHJ Publishing, Incorporated, 1950 — 124-bet.
- ↑ „Recipes from 1900–1950“. Aunt Lil's Kitchen. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
- ↑ Smith, Emily „National applesauce cake day“. National applesauce cake day – Eatocracy. CNN (2013-yil 6-iyun). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Rothman, Julie. „Applesauce spice cake“ (2013-yil 8-noyabr). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ Gerard, Pat. „Recipe: Applesauce Cake“ (2015-yil 25-fevral). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ 7,0 7,1 Ford, Faith „Applesauce Cake with Caramel Icing“. Good Morning America. ABC News (2014-yil 10-avgust). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ 8,0 8,1 Great Cakes: Home-baked Creations from the Country Living Kitchen, Country Living Series. Hearst Books, 2008 — 26-bet. ISBN 978-1-58816-686-9.
- ↑ Brass, M.; Brass, S.; Ryan, A.. Heirloom Baking with the Brass Sisters: More Than 100 Years of Recipes Discovered and Collected by the Queens of Comfort Food. Hachette Books, 2011 — 30-bet. ISBN 978-1-57912-881-4.
- ↑ Rogers, A.T.; Egerton, J.. Hungry for Home: Stories of Food from Across the Carolinas with More Than 200 Favorite Recipes. John F. Blair, 2004 — 202–203-bet. ISBN 978-0-89587-301-9.
- ↑ 11,0 11,1 Brownetone, Cecily.. „Cooking Is Fun“. Spokane Daily Chronicle (1969-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ 12,0 12,1 McKay, Gretchen „Plate: Pittsburgh food, recipes, restaurants, drinks“ (2015-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ 13,0 13,1 Kerbs, Nicki. „Spicy Gingerbread Applesauce Cupcakes“. KING-TV (2015-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
- ↑ 14,0 14,1 „Applesauce Cupcakes with Caramel Frosting“. WRIC-TV (2007-yil 14-fevral). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
- ↑ Lee, Sandra „Applesauce Cake: Sweet Dreams: Food Network“. Food Network (2013-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ Deen. „Paula Deen's Applesauce Cake“. Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ Ross, Alicia „Betty's Applesauce Cake is a treasured recipe to one reader“ (2013-yil 9-aprel). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ Cain, N.. Against the Grain: Extraordinary Gluten-Free Recipes Made from Real, All-Natural Ingredients. Potter/TenSpeed/Harmony, 2015 — 634-bet. ISBN 978-0-385-34556-9.
- ↑ Magers, M. Pamela. „The Best – Chunky applesauce“ (2015-yil 1-may). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ 20,0 20,1 Beard, J.. "&pg=PT1648 James Beard's American Cookery. Little, Brown, 2009 — pt163–164-bet. ISBN 978-0-316-06981-6. Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
- ↑ „Applesauce Cake with Caramel Icing“ (2015-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ Traverso, A.. The Apple Lover's Cookbook. W. W. Norton, 2011 — 255-bet. ISBN 978-0-393-06599-2.
- ↑ Platt, Heather „Peter Reinhart's Upcoming Gluten-Free, Sugar-Free Baking Book“. LA Weekly (2012-yil 2-avgust). Qaraldi: 2016-yil 8-mart.
- ↑ Clarkson, Potter; Martha Stewart's Cakes' „Recipe: Applesauce Coffee Cake“ (2013-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
- ↑ Ettinger, J.. Bob's Red Mill Baking Book. Running Press, 2006 — 113-bet. ISBN 978-0-7867-5231-7.
- ↑ Ridgaway, D.. The Gourmet's Guide to Cooking with Liquors and Spirits: Extraordinary Recipes Made with Vodka, Rum, Whiskey, and More!. Quarry Books, 2011 — 54-bet. ISBN 978-1-61058-101-1.
- ↑ Kendall, P.. High Altitude Baking: 200 Delicious Recipes & Tips for Perfect High Altitude Cookies, Cakes, Breads & More. 3D PressINC, 2005 — 68-bet. ISBN 978-1-889593-15-9.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fisher, Carol. Pot Roast, Politics, and Ants in the Pantry: Missouri's Cookbook Heritage. Columbia, Missouri: University of Missouri Press, 2008 — 81-bet. ISBN 978-0-8262-6634-7.
- Lovelace. „Eggless Applesauce Cake Can Become a Fruit Cake, Too“. NewsOK.com (1990-yil 1-mart). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.