Margarin
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Margarin (fransuzcha „margarine“) — oʻsimlik moyi va hayvon yogʻiga sut, qand, tuz, vitaminlar, boʻyovchi hamda xushboʻy moddalar qoʻshib tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, taʼmi va toʻyimliligi jihatdan sariyogʻga yaqin. Margarinning qaymoqli (oshxona) navi tarkibida 15,7% suv, 82,0% yogʻ, 0,5% oqsil va 0,4% uglevod bor. 100 g mahsulot 766 kkal beradi.
Sutli margarin— yogʻning sut bilan emulsiyali (qaymoqli, oshxona, ekstra, limonli va boshqalar). Pazandalik margarin — oʻsimlik moyi bilan hayvon yogʻi aralashmasi (margaguselin, pazandalik yogʻi va boshqalar); sut qoʻshib yoki qoʻshmay tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida va pazandachilikda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |