Kontent qismiga oʻtish

Oleksandra Shevchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleksandra Shevchenko
ukraincha: Олександра Шевченко
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-aprel 1988-yil (1988-04-24) (36 yosh)
Xmelnitskiy, Xmelnitskiy viloyati, Ukraina SSR, SSSR
Taʼlim Kiyev universiteti
Kasbi inson huquqlari faoli, ayollar huquqlari faoli

Oleksandra Shevchenko (ukraincha: Олександра Шевченко)[1][2][3] — ukrainalik feminist, faol. Femen xalqaro ayollar harakatining asoschilaridan biri. Patriarxat, diktatura, din va jinsiy industriyaga qarshi norozilik namoyishlarida yarim yalangʻoch kiyimlari bilan eʼtiborni tortib keladi[4].

2013-yilda Oleksandra Shevchenko Fransiyadan siyosiy boshpana olgan. Hozirda Parijdagi FEMEN Francening faol aʼzosi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleksandra Shevchenko 1988-yil 24-aprelda Ukraina SSRning Xmelnitskiy shahrida tugʻilgan.

2008-yil 10-aprelda Anna Gutsol xmelnitskiylik ikki dugonasi Oleksandra Shevchenko va Oksana Shachko bilan Kiyevda roʻyxatdan oʻtmagan „Femen“ ukrainalik ayollar harakatiga asos solgan. Harakatni tashkil etishda ularning dastlabki maqsadi talaba qizlarga nisbatan kamsitishlarga norozilik bildirish boʻlgan. Biroq ular asta-sekin ukrainalik ayollarning jinsiy ekspluatatsiyasiga qarshi kurasha boshlaganlar. Kurashning asosiy norozilik shakli sifatida tinch aksiyalarni oʻtkazishga qaror qilingan. Guruh norozilik namoyishlariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish yoʻllarini izlay boshlagan. Harakat 2009-yil 23-mayda Kiyevda fohishalikka qarshi oʻtkazilgan mitingda „Ukraina fohishaxona emas“ [5] shiori bilan eʼtiborni tortgan. 2009-yil avgust oyi oxirida Femen asoschilaridan biri Oksana Shachko koʻkragini yalangʻochlagan ilk guruh aʼzosi boʻlgan. Femendagi norozilik etikasi haqidagi munozaralarda koʻplab aʼzolar dastlab bunday taktikaga qarshi chiqqanlar, ammo keyinchalik uning samaradorligiga ishonch hosil qilishgan. 2010-yildan beri yarim yalangʻoch namoyishlar ayollar namoyishlarida odatiy taktikaga aylangan.

2011-yil oxirida Oleksandra Shevchenko Inna Shevchenko va Yevgeniya Krayzman bilan birgalikda xalqaro miqyosda aksiya oʻtkazishga qaror qilishgan.

2011-yil 31-oktabrda ular Xalqaro valyuta jamgʻarmasi raisi Dominic Strauss-Kann, 2011-yil 5-noyabrda Rimda Silvio Berlusconi, ertasi kuni Vatikanda Rim papasi, oldida va 2011-yil 10-noyabrda Syurixda norozilik namoyishi oʻtkazganlar. Oleksandra Shevchenko 2011-yil 9-dekabr kuni Moskvadagi Najotkor Masih soborida Vladimir Putinga qarshi norozilik namoyishida qatnashgan.

2013-yilda Oleksandra Shevchenko Berlinda FEMEN oʻquv markazini ochgan. 2013-yilning 9-fevralida Berlin kinofestivalida yalangʻoch koʻkragiga „Stop Cutting Cutting My Pussy“ degan yozuv bilan ayollarning xatna qilinishiga qarshi chiqqan. 2013-yil 6-mart kuni FEMEN faollari fransuz yozuvchisi Galia Ackerman bilan hamkorlikda fransuz tilida FEMEN deb nomlangan birinchi kitobini nashr etishgan.

Oleksandra Shevchenko Ukrainadagi bosimlar tufayli vatanini tark etishga majbur boʻlgan. 2013-yil avgustida Fransiyadan siyosiy boshpana olgan[6][7][8].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Nos seins, nos armes!" Nilaya Productions tomonidan ishlab chiqarilgan Karolin Fourest ssenariysini yozgan va Nadiya El Fani rejissyorlik qilgan hujjatli film (1 soat 10 daqiqa), 2013-yil 5-martda France 2 telekanalida namoyish etilgan.

Aka-uka Riahilar Arash T. Riahi va Arman T. Riahi tomonidan ssenariysi yozilgan va rejissyorlik qilingan „Everyday Rebellion“, hujjatli filmi (1 soat 58 daqiqa), Avstriya/Shveytsariya/Germaniy hamkorligida 2013-yili tayyorlangan. Hujjatli filmning jahon premyerasi 2013-yil 13-noyabrda Copenhagen International Documentary Festivalida boʻlib oʻtgan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Ackerman, Galia, with Anna Hutsol, Oksana Shachko, Alexandra 'Sashaʼ Shevchenko, & Inna Shevchenko, FEMEN, Published by Calmann-Lévy (Paris 2013), 280 pages. ISBN 978-2702144589. (French language publication)

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda u sevastopollik fotojurnalist Dmitriy Kostyukovga turmushga chiqqan. Ular 2013-yilda The New York Times gazetasi uchun FEMEN haqidagi maqola ustida ishlayotgan vaqtda uchrashishgan. Ushbu nikohdan Oleksandra Shevchenkoning Tim ismli oʻgʻli bor[9]. Ayni paytda Oleksandra Shevchenko oilasi bilan Parijda istiqomat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]