Oleg Sirokvashko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oleg Mixaylovich Sirokvashko (belaruscha: Алег Міхайлавіч Сыраквашка ; 1961-yil 3-avgust, Minsk, BSSR, SSSR — 2016-yil 16-iyul, Brest, Belarusiya) — darvozabon va futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan sovet va belaruslik futbolchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minskning „Torpedo“ va „Burevestnik“ jamoalarida futbol oʻynay boshlagan. 1981—1986-yillarda Brestning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 1987-yilda respublikaning asosiy jamoasi — „Dinamo“ (Minsk) ga taklif qilingan, lekin asosiy jamoaga kira olmagan va keyingi yili Brestga qaytib kelgan. 1988-yil 7-mayda SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Brest jamoasi darvozasini himoya qilgan, unda ikkinchi liga vakillari sensatsion tarzda 1:0[1] gʻalaba qozonishgan. Brest jamoasi uchun 150 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

SSSR parchalanganidan soʻng darvozabon bir qancha klublarini oʻzgartirgan, jumladan, Oʻzbekiston va Belarus oliy ligalarida hamda Polsha chempionatining quyi divizionlaridan birida oʻynagan. 1997-yilda 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyatini 1999-yilda „Prujani“ klubini boshqara boshlagan. Keyinchalik, koʻp yillar davomida „Dinamo Brest“da darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan va 2003-yilgi mavsum oxirida jamoa rahbari, klub prezidenti va bosh murabbiyi ketganidan keyin oʻn bir oʻyin davomida klub bosh murabbiyi sifatida ishlagan[2]. Belorussiyaning boshqa klublari bilan ham ishlagan, mamlakat yoshlar va olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabi azosi bo‘lgan.

Brestda soʻnggi kunlarigacha darvozabonlar bilan ishlagan. Uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Умер легендарный вратарь брестского «Динамо» Олег Сыроквашко“. 2016-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.
  2. „Он не Кио!“. 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]