Oleg Shaumarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oleg Shaumarov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1-dekabr 1983-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi qoʻshiqchi, musiqachi, kompozitor, prodyuser
Faoliyat yillari 2003

Oleg Temurovich Shaumarov (1983-yil 1-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston, SSSR) – rossiyalik bastakor, musiqa prodyuseri, qoʻshiqchi. „Orli i voroni“ qoʻshigʻi muallifi sifatida „Oltin Gramafon“ mukofoti sovrindori. Maksim Fadeyev va Nargiz Zokirova ijrosidagi „Vdvoyom“ qoʻshigʻi muallifi. „Kamen“ qoʻshigʻi uchun „Yil shansoni“ mukofoti gʻolibi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Shaumarov Toshkentda tavallud topgan. 2000-yildan beri Moskvada yashaydi. Bolaligidan musiqaga mehr qoʻygan va yoshligida doʻstlari uchun metroda Arbatsko-Pokrovskaya liniyasida va Moskva teatr stansiyasida mashhur qoʻshiqlarni ijro etgan. Viktor Uspenskiy nomidagi Toshkent musiqa maktabini tamomlagan.

Oleg Temurovich 2003-yilda VIA „Soyuz“ guruhiga asos solgan. „Ya ne mogu inache“ ularning eng mashhur qoʻshigʻi edi. VIA „Soyuz“ guruhi „Slavyanskiy bazar“ning diplom gʻoliblari boʻlgan.

Oleg 2005-yildan beri yakkaxon chiqish qiladi.

2018-yilda birinchi yakkaxon konsert boʻlib oʻtgan[1].

Shaumarov koʻplab rus yulduzlari bilan ishlaydi: Alla Pugachova, Kristina Orbakayte, Filipp Kirkorov, Irina Allegrova, Nikolay Baskov, Taisiya Povaliy, Sergey Lazarev, Lolita, Layma Vaykule, Slava, Grigoriy Leps.

„Korni“, „Premyer-ministr“ va „Assorti“ musiqiy guruhlar bilan ishlagan.

Oleg „Dve zvezdi“, „Dostoyaniye respubliki“, „Bolshiye gonki“, „Ugaday melodiyu“, „Faktor „A““ nomli loyihalarida ishtirok etgan. U yerda ovoz, aranjirovka ustasi va prodyuser boʻlib ishlagan.

Temurovich Ani Lorak jamoasidagi „Golos“ telekoʻrsatuvining yettinchi mavsumi ishtirokchisi boʻlgan. Saralash bosqichida ilgari Maksim Fadeyev va Nargiz ijro etgan „Vdvoyom“ qoʻshigʻini birinchi marta oʻzi ijro etdi[2].

Olegning soʻzlariga asoslangan qoʻshiqlarni „Realniye patsani“ serialida ham eshitish mumkin.

Shaumarov ichishni qanday toʻxtatish haqida „Problema na J“ kitobini yozgan.

U oʻzining TopLabMusic leyblini beatmeykerlar, qoʻshiq mualliflari, toplaynerlar, zamonaviy vokalistlar va artistlar uchun ochgan.

Oleg 2018-yilda Valeriya ismli qizga uylandi. 2019-yilda ular oʻgʻil koʻrdishdi va ismini Aleksandr qoʻyishdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]