Kontent qismiga oʻtish

Dengiz oqimlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dengiz oqimlari (okean oqimlari) — dengiz va okeanlarda turli kuchlar (suv va havo orasida ishqalanish kuchlari taʼsiri, suvda vujudga keladigan bosim gradiyentlari, dengiz suvining kutarilishida. Oy va quyoshning tortish kuchlari)ga bogʻliq ravishda suv massasining harakatlari. Dengiz oqimlari yoʻnalishiga Yerning aylanish kuchi katta taʼsir koʻrsatadi: oqimlar shimoliy yarim sharda oʻngga, janubiy yarim sharda chapga buriladi. Dengiz oqimlari kelib chiqishiga koʻra: shamolning dengiz yuzasiga ishqalanishi (shamol oqimlari), suv temperaturasi va shoʻrligining notekis taqsimlanishi (zichlik oqimlari), suv sathining qiyalanishi natijasida (oʻzgaruvchan oqimlar) va hokazo; oʻzgaruvchanligiga koʻra — doimiy, mavsumiy va davriy (dengiz suvining koʻtarilishi bilan bogʻliq) dengiz oqimlari; joylashishiga qarab — yuza, yuza osti, oraliq, chuqur, dengiz tubi dengiz oqimlari; tabiiy kimyoviy xossalariga koʻra — iliq, sovuq, chuchuk va shoʻr dengiz oqimi boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil