Kontent qismiga oʻtish

Qovoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

QOVOQ (Cucurbita sp.) PАLOV KАDU 268

Oʼrtapishar nav, oʼsuv davri- 114-116 kun. Palagi oʼrtacha, asosiy poya uzunligi 3-4 m, yon shox va barglar soni koʼp. Mevasi uzunchoq, meva band tomoniga ozroq, meva tomoniga koʼproq kengaygan, baʼzan biroz yoysimon, mevaband tomoni meva te-pasiga nisbatan ingichka, vazni 3,1-3,8 kg, poʼsti qizgʼish sariq, qattiq. Yuzasida qizgʼish rangli mayda qabariqlar bor, pishib yetilganda och jigar rangli, mayda toʼq yashil, baʼzan pushtirang toʼrsi-mon dogʼlar bilan qoplangan. Eti qizgʼish-sariq, mayin, oʼrta shirin, degustatsion bahosi 4,0 ball. Hosildorligi 25-30 t/ga.

KАShGАRSKАYa 1644

Oʼrtapishar nav, oʼsuv davri 117-120 kun. Palagi oʼrtacha, asosiy poya uzunligi 2,5-3,0 m, bargi oʼrta-cha, guli katta, sariq rangli. Mevasi uzunchoq, ikki tomoni toʼmtoq, oʼrta qismi ingichkalashgan, baʼzan noksimon, vazni 3,8-4,7 kg, poʼsti toʼq sariq, yupqa, yuzasi biroz gʼadir-budir, toʼq yashil tasmala-ri bor. Eti qizgʼish sariq, qalin va tigʼiz. Tarkibi-da quruq modda miqdori 7,6%, qand miqdori 4,7%. Hosildorligi 35-38 t/ga. ISPАNSKАYa 73

Kechpishar nav, oʼsuv davri 117-130 kun. Palagi juda katta, asosiy poya uzunligi 5-7 m va undan koʼp. Guli yirik, toʼq sariq rangli. Mevasi yassi yumaloqsimon, segmentlashgan, kulrang yashil, meva bandi uzunligi 6-7 sm, meva tomoni yoʼgʼonlashgan, juda qattiq, vazni 3,3-4,4 kg Eti sariq, tigʼiz, shi-rin, degustatsion bahosi 5,0 ball. Tarkibida quruq modda miqdori 14,7%, qand miqdori 12,0%, karotin miqdori 70 mg/%. Hosildorligi 25-30 t/ga. Qishda juda yaxshi saqlanadi.

ShIRINTOY

Kechpishar nav, oʼsuv davri 135 kun. Mevasi uzun silindrsimon, poʼsti va eti toʼq sariq, dagʼal, eti tigʼiz, meva vazni 2,5 kg, degustatsion bahosi 5,0 ball. Urugʼxonasi kichik, urugʼlar mayda va zich joylashgan. Hosildorligi 25-27 t/ga. Transportda tashishga yaroqli, kasalliklarga chidamli. QOVOQNI PАRVАRIShLАSh TEXNOLOGIYaSI Ekish muddati. Janubiy viloyatlarda 1-10 aprel; markaziy viloyatlarda 10-20 aprel; shimoliy viloyatlarda 25 aprel-10 may. Ekish sxemasi. (290 + 70)/2 x 90 sm. Urugʼ sarfi- 5-6 kg/ga. Sugʼorish: Ertagi navlar 4-5 marta, oʼrtagi navlar 5-6 marta, kechpishar navlar 6-7 marta. Sugʼorish meʼyori 400-500 m3/ga.

PАTISSON (Cucurbita pepo var. patissonina) ZАR KOKIL

Ertapishar nav, oʼsuv davri- 50-60 kun. Palagi kichik, deyarli kalta. Bargi yuraksimon, qirrali, yashil rangli. Mevasi yapaloq yulduzsimon, koʼp boʼlakchalar tarelkasifat birlashgan, mayda, yashil rangli, biologik yetilganda- sariq, vazni 25-30 g. Hosildorligi 6-7 t/ga. Oziq-ovqat, konserva va chorvachilikda foydalanish uchun yaroqli.

PАTISSONNI PАRVАRIShLАSh TEXNOLOGIYaSI

Ekish muddati. Janubiy viloyatlarda 1-20 aprel; markaziy viloyatlarda 20-30 aprel; shimoliy viloyatlarda 1-15 may. Ekish sxemasi: (110 + 70)/2 x 50-60 sm. Urugʼ sarfi- 3-4 kg/ga. Oʼgʼitlash. Goʼng 20-30 t/ga, azot 200 kg/ga, fosfor 150 kg/ga, kaliy 50 kg/ga. Sugʼorish. Oʼsuv davrida 12-16 marta sugʼoriladi. Sugʼorish meʼyori 500-600 m3/ga.