Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi
![]() | |
![]() | |
Ishga tushgan sanasi | 11 dekabr 1946 yil |
---|---|
Joylashuvi |
![]() |
Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) (inglizcha: United Nations International Children's Emergency Fund) — BMTning asosiy jamgʻarmalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan takdirlangan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, UNICEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, "Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi" ishlab chiqilgan.[1]
Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |