O‘zbekiston chinniguli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘zbekiston chinniguli
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Chinniguldoshlar
Urugʻ: Chinnigul
Turlari: O‘zbekiston chinniguli
Xalqaro ilmiy nomi
Dianthus uzbekistanicus (Lincz., 1953)

O‘zbekiston chinniguli[1] ( lotincha: Dianthus uzbekistanicus) — chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasiga mansub chinnigullar (Dianthus) turkumiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Ushbu o‘simlik turi 1953-yilda ilk marotaba rus botanigi Igor Aleksandrovich Linchevskiy tomonidan qayd etilgan[2][3].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston endemigi [4], Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududidagi Pomir-Oloy tizmalaridan topilgan[5].

Tosh-shag‘alli joylarda, tosh va ohaktosh siniqlari va yoriqlari orasida o‘sadi[5].

Botanik tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bo‘yi 40 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari ko‘p, oddiy, ba’zan yuqori qismidan shoxlangan, tuksiz, pastki qismi g‘adirbudir, uzunligi 20–35 sm[5].

Barglari ko‘kimtir-yashil, o‘tkir uchli[5].

Gullari yakka-yakka, asosi qalin tukli, pushti rangli[5].

Mevasi – ko‘sakcha, ko‘p urug‘li[5].

May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi[5].

Muhofaza chorasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1]. Gullari guldastalar uchun uzib olinadi. Chorva mollari iste’mol qiladi[5] .

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bogʻida yetishtiriladi [5] .

Ba’zi bir populyasiyalari Kitob davlat qo‘riqxonasida muhofazaga olingan. Gullari yulinishining oldi olinishi kerak. Shuningdek, urug‘i yetilib, tarqalishi uchun gullagan va mevalagan paytida chorva mollari boqishni man etish tavsiya etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Гвоздика узбекистанская — Dianthus uzbekistanicus — Описание таксона — Плантариум“. 2017-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  2. Dianthus uzbekistanicus Lincz. — The Plant List
  3. „Tropicos | Name — Dianthus uzbekistanicus Lincz“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  4. „Animals and Plants Unique to Uzbekistan“. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 „Архивированная копия“. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.