O‘tkir Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'tkir Qurbonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-fevral 1983-yil (1983-02-03) (41 yosh)
Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Kuvayt 2007 100kg gacha
Bronza Chedju 2008 100kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Doxa 2006 100kg gacha
Bronza Guanchjou 2010 100kg gacha
Jahon harbiy oʻyinlari
Oltin Haydarobod 2007 100kg gacha

O'tkir Qurbonov (1983-yil 3-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 100 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlari sovrindori, Jahon harbiy oʻyinlari gʻolibi, dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichi gʻolibi, dzyudo boʻyicha jahon kubogi sovrindori va gʻolibi.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir Qurbonov 2006-yilda Dohada (Qatar) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida chorak finalda qozogʻistonlik dzyudochi Asxat Jitkeyevga yutqazib qoʻygandi. U tasalli beruvchi bahsda avvaliga tailandlik Pongpisanu Pratepvadtananon ustidan gʻalaba qozondi, soʻngra moʻgʻulistonlik Syend-Ayuushiin Ochirbatni, bronza medali uchun esa qatarlik Muhammad Ali Ayyaddan qoʻli baland keladi.

Qurbonov 2007-yilda Haydarobodda (Hindiston) boʻlib oʻtgan yozgi Jahon harbiy oʻyinlarida 100 kg vazn toifasida slovakiyalik Zoltana Palkovachni magʻlub etib, oltin medalni oladi[1]. Quvaytda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritadi[2].

U 2008-yili Chejuda (Janubiy Koreya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 100 kg vazn toifasida bronza medalini[3]. Pekindagi (Xitoy) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u birinchi davrada ruminiyalik dzyudochi Daniel Brat bilan toʻqnash keladi, ammo imkoniyatni qoʻldan boy beradi[4].

Oʻtkir Qurbonov 2010-yilda Guanchjoudagi (Xitoy) Yozgi Osiyo oʻyinlarida mutlaq vazn toifasida qozogʻistonlik dzyudochi Ulan Risqul ustidan gʻalaba qozonib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[5][6]. Abu-Dabida (BAA) dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichida kumush medalini, Olma-Otada (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon kubogida ham kumush, 2011-yilda esa oltin medalga sazovor boʻladi[7].

2012-yilda Toshkentdagi dzyudo boʻyicha Jahon kubogida 100 kg vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi Daisuke Kabayashidan ustun kelib, kumush medal sohibi boʻladi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]