Oʻzbek xalq dostonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek xalq dostonlari
Asl nomi Oʻzbek xalq dostonlari
Mamlakat O'zbekiston Toshkent
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i doston
Nashr etilgan sanasi 1956—1957-yillar
Nashriyot Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining nashriyoti
Sahifalar soni 508 bet

Oʻzbek xalq dostonlari — 2 tomdan iborat oʻzbek xalq dostonlari toʻplami. “Oʻzbek xalq dostonlari” I tomi nasr bilan nazm olmoshib turuvchi bir qancha dostonlardan iborat. Bular “Oysuluv”, “Shirin bilan Shakar”, “Rustam”, “Malika ayyor”, “Ravshan”, “Kuntugʻmish” dostonlaridan iborat. Bu dostonlarda vatanga muhabbat, mardlik, chin sevgi, vafodorlik, dushmanlarga nisbatan gʻazab, doʻstlik kabi oliyjanob gʻoyalar tarannum etiladi.

Toʻplamni Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutining ilmiy xodimlari nashrga tayorlagan. Kitob sodda tilda yozilgan, unga bir qancha rasmlar kiritilgan, zarur boʻlib qolgan oʻrinlarda izohlar berilgan.

“Oʻzbek xalq dostonlari” I tomi oʻzbek tilini bilgan keng kitobxonlar ommasi uchun nashr etilgan.

Oysuluv

Aytuvchi: Ergash Jumanbulbul oʻgʻli

Yozib oluvchi va nashrga tayyorlovchi: Hodi Zarif

Shirin bilan Shakar

Aytuvchi: Fozil Yoʻldosh oʻgʻli

Birinchi nashrga tayyorlovchi: Maqsud Shayxzoda

Qayta nashrga tayyorlovchi: M.Afzalov

Rustam

Aytuvchi: Fozil Yoʻldosh oʻgʻli

Qayta nashrga tayyorlovchilar: Zaytuna Karimova va Xolid Rasul

Malika Ayyor

Aytuvchi: Fozil Yoʻldosh oʻgʻli

Nashrga tayyorlovchi: Hodi Zarif

Ravshan

Aytuvchi: Ergash Jumanbulbul oʻgʻli

Yozib oluvchi va nashrga tayyorlovchi: Hodi Zarif

Kuntugʻmish

Aytuvchi: Ergash Jumanbulbul oʻgʻli

Nashrga tayyorlovchi: Hodi Zarif

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] Oʻzbek xalq dostonlari, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 1957 (508 bet)

  1. Oʻzbek xalq dostonlari