Oʻtmishdan ertaklar
| Muallif(lar) | Abdulla Qahhor |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | qissa |
| Nashr etilgan sanasi | 1966 |
„Oʻtmishdan ertaklar“ — oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. 1965–1966-yillarda yozilgan boʻlib[1], Qahhorning eng taniqli qissalaridan biridir. Unda yozuvchining bolalik davri, oʻtgan asr boshlaridagi bolalarning mashaqqatli hayoti xususida soʻz yuritiladi[2]. Shuningdek, qissada katta avlodning savodsizligi, davr fojialari haqida ochiq-oydin yozilgan[3].
„Oʻtmishdan ertaklar“ haqida ilmiy asarlar yozilgan. Jumladan, Marhabo Qoʻchqorova 2016-yil „„Oʻtmishdan ertaklar“ tadqiqi“ nomli monografiya yozgan[4]. 2018-yil Markaziy Osiyo adabiyotini oʻrganuvchi olim Christopher Fort qissani ingliz tiliga tarjima qilish niyatida ekanligini maʼlum qilgan[5].
Qissa shu kungacha bir necha oʻn marta nashr qilingan, bir necha toʻplamga kiritilgan. Jumladan, 1976-yil chop etilgan „Oʻtmishdan ertaklar“ toʻplamidan oʻrin olgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Шарафиддинов, Озод. Ижодни англаш бахти. Тошкент: Шарқ, 2004 — 215-bet. Qaraldi: 22-noyabr 2025-yil.
- ↑ Qoʻchqorova, Marhabo „Indamas adibning ogʻir bolaligi“. Oyina (17-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2025-yil.
- ↑ Бўриева, Робия (15-aprel 2025-yil). „АДАБИЙ МУХИТДА БОЛА ОБРАЗЛАРИ ОРҚАЛИ ИЛГАРИ СУРИЛГАН ҒОЯ ВА ТАРБИЯВИЙ НУҚТАЛАР“. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS. 2-jild, № 3. 65–75-bet. doi:10.5281/zenodo.15220484. Qaraldi: 23-noyabr 2025-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - ↑ „Ўтмишдан эртаклар: талқин ва тадқиқ“. Kitobxon. Qaraldi: 23-noyabr 2025-yil.
- ↑ „Kristofer Fort: «Cho‘lponni hozir ham tushunishmaydi»“. Xabar (3-iyul 2018-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2025-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |