Kontent qismiga oʻtish

Oʻrtogʻim (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻrtogʻim“
Nasafiy va Shaka qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2023-yil
Chiqarilgan sanasi 2023-yil 22-iyul
Janr Pop
Davomiyligi 3:13[1]
Leybl RizaNova
Matn muallif(lar)i Nasafiy

Oʻrtogʻim – Oʻzbekistonlik pop qoʻshiqchisi Nasafiy va repper Shaka tomonidan chiqarilgan qoʻshiq boʻlib, 2023-yil 22-iyul kuni RizaNova leybli ostida taqdim etilgan[2][3].

Qoʻshiq matni Aziziddin Akmalov (Nasafiy) tomonidan yozilgan[2]. U 2023-yil 22-iyulda RizaNova leybli orqali raqamli yuklab olish uchun chiqarilgan. „Oʻrtogʻim“ treki Apple Musicning 2023-yil 31-iyulda taqdim etilgan „TOP iyul RizaNova 2023“ nomli albomiga oʻninchi singl sifatida kiritilgan[4]. 2023-yil 3-oktyabrda esa Nasafiyning YouTube kanalida qoʻshiq uchun suratga olingan videoklip premyera qilingan. Klip 2024-yil iyul oyi holatiga koʻra 8 million martadan koʻproq tomosha qilingan[5].

  1. „O'rtog'im - Sencillo de Nasafiy“. www.open.spotify.com. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 „O'rtog'im» — Nasafiy & Shaka - Песня“. www.music.apple.com. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
  3. „O'rtog'im - Nasafiy & Shaka“. www.shazam.com. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
  4. „TOP iyul RizaNova 2023“. www.music.apple.com. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.
  5. „Nasafiy - O'rtog'im ft. Shaka“. www.youtube.com. Qaraldi: 15-iyul 2024-yil.