Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Oʻchirishga/Oʻrtogʻim (qoʻshiq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Assalomu alaykum. Maqola EAga ega emas. Musiqa ijrochilari EAga ega boʻlmagani sabab ular haqida ham maqola mavjud emas. Shu sababli maqolani oʻchirilishi kerak, chamamda.

X Oʻchirilsin ANJANIY#gurung 16:05, 20-iyul 2024 (UTC)

Assalomu alaykum. Ming rahmat. Wikipediani bu kabi chiqitlardan tozalashdagi hissangiz uchun. Yoqimli tahrirlar Mr. Abdukarimovich (munozara) 16:14, 20-iyul 2024 (UTC)
Oʻzbekcha Vikipediya haqida shunchalik qaygʻurar ekansiz, vaqtingizni munozaralarda emas, avval yozgan maqolalaringizdagi xatolarni toʻgʻrilab, stublaringizni kengaytirishga sarflasangiz maqsadingizga muvofiq boʻlar edi. Bittagina munitsipalitet soʻzini 3 ta maqolada 3 xil yozgansiz. Keyin oʻchirishga berilgan va muhokama qilinayotgan maqolani tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatayapsiz. Andozalardan foydalanishdan oldin, ularni qanaqa holatlarda ishlatilishini oʻrganib olsangiz oʻzingizga ham yaxshi boʻlardi, vikipediyaga ham ziyoningiz tegmas edi. Sifatli tahrirlar! Devona Jovliyev (munozara) 18:15, 20-iyul 2024 (UTC)
Assalomu alaykum. Manbani sabab qilib koʻrsatsangiz ham mayli edi, hali nufuzli manba topishga ulgurmagan edim. Ammo, muallif EAga ega boʻlmaganligi sababli, maqola ham ega boʻlmaydi degan fikringizni yoqlamayman. Sababi muallifidan koʻra taniqliroq boʻlgan qanchadan-qancha musiqa, asar va kartinalar mavjud. Devona Jovliyev (munozara) 18:05, 20-iyul 2024 (UTC)

✔ Qoldirilsin Salom, fikringizga uncha qoʻshilmayman. 1-sabab, EnWiki’da minglab, nufuzli boʻlmagan 1 ta manba bilan 17 yildan beri saqlanib turibdi. Yaqqol misol: https://en.wikipedia.org/wiki/28_Days_(album). Lekin bu maqolada enwikidagi maqoladagidek bir nechta manbalar bor.

2-sabab, shunday maqolalar bor, ular manbasiz ham rasmiylashtirilganligi uchun 6 oy hech qanaqa ogohlantiruvchi andozalarsiz saqlanib turadi, bu EnWiki’dagi (no references) holatidagi vaziyat.

Agar arzirli va asosli argumentlaringiz boʻlsa, javob berishga tayyorman! MirfayzbekAbdullayev (munozara) 17:16, 20-iyul 2024 (UTC)

  1. Siz misol sifatida keltirgan maqolangiz ijrochilari EAga ega, siz yozgan maqola mavzusi boʻlmish qoʻshiq esa bunday emas. Agar qachondir ushbu ijrochilar haqida maqola yozilgudek boʻlsa, siz keltirgan manbalar ushbu qoʻshiq haqida ham maqola yozishga yetarli boʻladi. Bunga misol qilib Konsta va uning qoʻshigʻi haqidagi Insonlar (qoʻshiq) maqolasini keltirish mumkin.
  2. Enwikidagi albolar haqidagi qoidada biron albom haqida maqola yozilishi uchun ahamiyatning umumiy mezonlariga tushishi yetarli boʻlishi haqida gap ketgan. Ammo uzwikda esa Mavzu yoki predmet mustaqil nufuzli manbalar tomonidan yetarlicha batafsil yoritilgan boʻlsagina ahamiyatga molik hisoblanadi.
ANJANIY#gurung 18:13, 20-iyul 2024 (UTC)

 Betarafman Assalomu aleykum Anjaniy. Avvalambor sahifani ochishga sabab qilib koʻrsatgan tamoyillarni asoslab berishingizni soʻrab qolaman. Vikipediya ishonchli manbalarga tayanadigan ensiklopediyadir. Shunday ekan muallifi EAga ega boʻlmagan shaxslarning asarlari ham EAga ega boʻlmasligi haqidagi gapingizni aniq manba yordamida asoslab bering.

Maqolada asosiy kamchilik sifatida koʻzga tashlangani ishonchli manbalar kamligi menimcha. Lekin bergan izohingiz oʻchirib yuborish uchun yetarli deb hisoblamayman. Yoqimli tahrirlar. Javoxir Yorqulov (munozara) 23:48, 20-iyul 2024 (UTC)

Sahifani ochishga? Menimcha, oʻchirishga demoqchi boʻlgansiz. Agar shunday boʻlsa:
Oʻzlari EAga ega boʻlmagan shaxslarnin asarlari ham EAga ega emasligi haqidagi gapim bu mening xulosam boʻlgan (masalan, Konstaning bir qancha qoʻshilqari haqidagi maqolalar reperning oʻzi EAga ega boʻlib, maqolasi yozilgach, yozila boshlagan). Va shu sababli ham chamamda soʻzidan foydalanganman. Agar aniq manbam boʻlganda oʻshani keltirib yozgan va chamamda soʻzidan foydalanmagan boʻlar edim. Bu maqola oʻchirilishi kerak deb oʻylaganimning qoʻshimcha sababi edi.
Oʻchirilishga asosiy sabab esa oʻzingiz ham anglab turganingiz, - ishonchli manbalarning kamligi.
ANJANIY#gurung 16:04, 21-iyul 2024 (UTC)