Oʻtkir Hoshimov
| Oʻtkir Hoshimov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
5-avgust 1941-yil |
| Vafoti |
24-may 2013-yil (71 yoshda)[1] Toshkent shahri |
| Ijod qilgan tillari | o'zbek |
| Fuqaroligi | SSSR va O'zbekiston |
| Alma mater | Toshkent davlat universiteti |
| Janr | Nasr |
| Mukofotlari |
|
| Turmush oʻrtogʻi | Oʻlmasxon Hoshimova |
Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi (1991).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do'mbirobod mahallasida tugʻilgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pyesalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Toʻylar muborak“
- „Sizdan ugina, bizdan bugina“
- „Vijdon dorisi“
- „Inson sadoqati“
- „Qatagʻon“
Ocherklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Po‘lat chavandozlar“ (toʻplam. 1962-yil)
Qissalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Cho‘l havosi“ (1964-yil)
- „Bahor qaytmaydi“ (1970-yil)
- „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil)
- „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil)
- "Dunyoning ishlari"
- Odamlar nima derkin
Hikoyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Urushning soʻnggi qurboni“
- „Yanga“
- „Muhabbat“
- „Dehqonning bir kuni“
- „Umr savdosi“
- „Quyosh tarozisi“
- „Oq bulut, oppoq bulut“
- „Odam ovozi“
- „Nurli halqachalar“
- „Uch xil odam“
- „Dard“
- „Nimadir boʻldi“
- „Hurkitilgan tush“
- „Xayollarga boʻlaman tutqun“
- „Sirli yulduz“
- „Tarnov“
- „Tuya va eshak“
Romanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Nur borki, soya bor“ (1976-yil),
- „Ikki eshik orasi“ (1985-yil),
- „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil)
Ssenariylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Xazon boʻlgan bahor“
- „Inson sadoqati“ (1975-yil)
- „Vijdon dorisi“
- „Toʻylar muborak“ (1979-yil)
- „Qatagʻon“
Oʻtkir Hoshimovning 40 yil davomida yozilgan „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli hikmatlar toʻplami 2001-yilda chop etilgan[2]. Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Ekranlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir hoshimovning „Bahor qaytmaydi“ qissasi asosida 1972-yilda shu nomli film suratga olingan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ikki eshik orasi“ romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1997-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan[4]. 2026-yil 28-mayda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlangan[5].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼonning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼon tarjimasini chop etilishini toʻxtatishga urinishgan[manba kerak].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida vafot etgan. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin dafn etilgan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hoshimov, O'tkir „Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimov vafot etdi“. bbc.com. bbc.com. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ Bahor qaytmaydi „Bahor qaytmaydi“. kino-teatr.ru. kino-teatr.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1997-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining olti yilligi munosabat bilan fan, madaniyat, ma`rifat, ommaviy axborot vositalari va ijodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/). 2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-maydagi „Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni“. president.uz (2026-yil 28-may). 2026-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-may.
- ↑ Hoshimov, O'tkir „‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Oʻtkir Hoshimovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Vikiomborda „Oʻtkir Hoshimov“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- 5-avgustda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- 24-mayda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston dramaturglari