Kontent qismiga oʻtish

Doʻmbirobod mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Do'mbirobod mahallasidan yoʻnaltirildi)
Doʻmbirobod mahallasi
Mamlakat O'zbekiston
{{{tuman_turi}}} Chilonzor

Doʻmbirobod mahallasi – Chilonzor tumanidagi mahalla. „Katta Doʻmbirobod“, „Katta Xozirobod“, „Tirsakobod“ mahallalari bilan chegaradosh. 2003 y.

„Kichik Doʻmbirobod“ nomi bilan tashkil etilgan, 2007 yildan xozirgi nomda. Mahalla nomi oʻz tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib oʻtgan boʻlib, shahardagi „Beshyogʻoch“, „Guliston“, „Chaqar“ mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bogʻ-xovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan boʻlib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni doʻmbiradek kattaligi uchun laqabi „doʻmbira“ boʻlgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Doʻmbirobod deb atay boshlagan.

Aholisi 7920 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).

Mahalla hududida 2ta oʻrta maktab, 2ta bolalar bogʻchasi, dorixonalar, savdo doʻkonlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullaev mahallaga 43 yil raislik qilgan.