Aleksandr Koʻprin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Ivanovich Koʻprin [1870.26.8(7.9), Varovchat shahri — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambagʻallar hayotini, kishilarning ogʻir turmush tarzini realistik tasvirlagan ("Ofat" qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi "Yakkama-yakka olishuv" (1905), "Oʻra" (1909—15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari "Olesya" (1898), "Gambrinus" (1907), "Yoqut koʻzli bilagoʻzuk" (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassamlashgan. "Listrigonlar" ocherklar turku mi (1907— 11) bor. 1919—37 yillarda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, "Yunkerdar" (1928-32), "Janeta" (193233) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning koʻpchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning koʻpgiva asarlari boʻyicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil