Toshkent oqshomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"TOSHKENT OQSHOMI", "Vecherniy Tashkent"— Toshkent shahrida kechqurun chiqadigan kundalik shahar gaz. Muassisi — Toshkent shahar hokimiyati. 1966-yil 1 iyuldan chop etila boshlagan. Oʻzbek ("Toshkent oqshomi") va rus ("Vecherniy Tashkent") tillarida nashr etiladi. Shahar hayotini yoritadi. Gaz. saxifalarida ijtimoiysiyosiy yangiliklar, korxona, qurilishlarning ilgʻor tajribalari, tadbirkorlik, respublika poytaxtining madaniy hayoti va sport kundaligi haqida maqolalar berib boriladi. Adabiybadiiy materiallar, hikoyalar, ocherklar, suxbatlar bosiladi. Adadi 25000 (2004).