Nyufaundlend boʻrisi
Nyufaundlend boʻrisi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bo'ri tulumi | ||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Canis lupus beothucus | ||||||||||||
Shimoliy Amerikada kulrang boʻrilarining tarixiy va hozirgi kundagi tarqalishi
|
Nyufaundlend boʻrisi (Canis lupus beothucus) Nyufaundlendga xos boʻlgan kulrang boʻrining kenja turi edi. Ushbu tur oziq-ovqat manbasi sifatida Nyufaundlend kiyiklariga ov qilgan. Kuz va qishning boshlarida, baʼzi boʻrilarning moʻynasi oq rangga oʻzgargan, boshqalari esa qoramtir toʻq rangda qolgan.
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyufaundlend boʻrisi o‘rtacha kattalikdagi[2], uzunchoq boshli, oq mo‘ynali bo‘lgan. Uning melanistik turlari ham uchragan. Materikdagi qarindoshlariga nisbatan ichki qo‘shimcha tishlari burchaklari bilan ajralib turadi[3]. Uning oxirgi namunasi 1911-yilda o‘ldirilganligi xabar qilingan[1].
Taksonomiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyufaundlend boʻrisi 2005-yilgi “Dunyo sutemizuvchilar turlari” (Mammal Species of the World) ilmiy manbasida Canis lupus turining bir turkumi sifatida tan olingan[4]. 1912-yilda Gerrit S. Miller Jr. Shimoliy Amerikada, xususan Missisipi daryosi va Gudzon ko‘rfazining g‘arbida hamda Platte va Columbia daryolarining shimolida uch xil bo‘ri turi mavjudligini aniqladi: o‘rmon bo‘risi, dasht bo‘risi va tundra bo‘risi[5].
So‘nggi ko‘rishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Nyufaundlendda ovchi bir bo‘rini koyot deb adashib otib tashlagan[6]. DNK tahlillari bu bo‘rini va Nyufaundlendda topilgan ikkinchi bo‘rini Labrador bo‘risi ekanligini ko‘rsatdi. Bu turdagi bo‘rilar qo‘shni Labrador hududida ko‘pincha uchraydi. Ammo Nyufaundlendda juda ham kamdan-kam uchraydi[7].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Allen, Glover M „Newfoundland wolf“, . Extinct and vanishing mammals of the western hemisphere with the marine species of all the oceans. American Committee for International Wild Life Protection, 1942 — 205–206-bet. OCLC 602905667.
- ↑ Mech, L. David. The Wolf: The Ecology and Behavior of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — 352-bet. ISBN 978-0-8166-1026-6.
- ↑ Allen, Glover M.; Barbour, Thomas (May 1937). "The Newfoundland Wolf". Journal of Mammalogy 18 (2): 229. doi:10.2307/1374474. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_1937-05_18_2/page/229.
- ↑ Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 575–577-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. beothucus, s. 576, Google Booksda
- ↑ Allen, Glover M.; Barbour, Thomas (1937). "The Newfoundland Wolf". Journal of Mammalogy 18 (2): 229–234. doi:10.2307/1374474. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_1937-05_18_2/page/229.
- ↑ „The Newfoundland Wolf is Back“. Whale House (2019-yil 4-fevral).Andoza:Self-published inline
- ↑ „DNA samples prove 2nd wolf in Newfoundland“. CBC News (2012-yil 23-avgust).
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bergerud, Arthur T. (1971). "The Population Dynamics of Newfoundland Caribou". Wildlife Monographs (25): 3–55.
- Bergerud, Arthur Thompson (1969). The population dynamics of Newfoundland caribou (Thesis). doi:10.14288/1.0104108. hdl:2429/35483.