Koyot
Jump to navigation
Jump to search
Koyot yoki oʻtloq boʻrisi (Lotincha: Canis latrans), itlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 90 sm gacha, dumi 30 sm gacha, ogʻirligi esa 13 kg gacha yetadi. Juni boʻrinikidan uzunroq, rangi qoʻngʻir, qora va kulrang dogʻlari bor. Koyot Alyaskadan Markaziy Amerikagacha tarqalgan. Yalanglioarda juft-juft boʻlib yashaydi. Yanvar oyida urchiydi. Boʻgʻozlik davri 60–65 kun, 5–10 ta bola tugʻadi. Quyonlar, kemiruvchilar va oʻlik hayvonlar bilan oziqlanadi. Baʼzan qoʻy va echkilarga hujum qiladi. Tashqi muhitga yaxshi moslanishi tufayli areali kengayib bormoqda.[1]
Manbalar[tahrir]
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Koyot haqida turkum mavjud |
- Arizona Game & Fish Department, "Living with Coyotes"
- Western coyote Arxivlandi 2017-09-22Wayback Machine saytida., Wolf and Coyote DNA Bank @ Trent University
- View occurrences of "Canis latrans" Biodiversity Heritage Library'da.