Nyufaundlend
![]() | |
Geografiya | |
---|---|
maydoni | 108 860 km2 |
Eng baland balandlik | 814 m. |
eng baland nuqtasi | The Cabox |
Administrasiya | |
davlat | Kanada |
Mintaqa | Nyufaundlend va Labrador |
Demografiya | |
aholisi | 479 538[1] |
Qo'shimcha ma'lumot |
Nyufaundlend - Atlantika okeanidagi orol. Shimoliy Amerikaning sha-rqiy qirgʻoqlari yaqinida, Kanadaga qarashli Nyufaundlend provinsiyasi tarkibida. Maydoni 111 ming km². Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Ayrim te-paliklarining balandligi 200–300 m, eng baland joyi 814 m. Koʻl va botqoklik koʻp. N. materikdan antropogen davrida ajralgan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iklimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —4° dan — 10° gacha, iyulniki 10—15°. Yiliga 750–1500 mm yogʻin yogʻadi. N., asosan, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Gro-Morn va Terra-Nova milliy boglari tashkil etilgan. Baliq ovlanadi, yogʻoch tayyorlanadi. Bosh shahri — Sent-Jons. N. soxillariga dastlab yevropaliklardan 11-asrda normannlar borganlar.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ (unspecified title) — Statistics Canada.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |