Nusrat Hikmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nusrat Hikmatov
Tavalludi 1938-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston
Taʼlimi Buxoro Davlat Pedagogika instituti
Toshkent Oliy Partiya maktabi
Kasbi Siyosatchi, pedagog
Partiyasi KPSS

Nusrat Hikmatov — davlat va jamoat arbobi. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani partiya qoʻmitasi birinchi kotibi.

Nusrat Hikmatov 1938-yilda Buxoro viloyatining Romiton tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. 1961-yildan KPSS aʼzoligiga qabul qilingan.

1961-yilda Buxoro Davlat Pedagogika institutini bitirgan. 1974-yilda Toshkentdagi Oliy Partiya maktabini tamomlagan. 1976-yilning oktyabr oyidan 1985-yilning 22-noyabrgacha boʻlgan davrda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani partiya qoʻmitasi birinchi kotibligiga tayinlangan. „Oktyabr revolyutsiyasi“, „Hurmat belgisi“, „Mehnat Qizil Bayroq“ ordenlari va medallari sohibi.

Nusrat Hikmatov Qiziltepa tumaniga rahbar etib tayinlangach, u yerda yangi bogʻlar barpo etish, yoʻllar, bogʻcha va maktablar qurilishiga eʼtibor qaratgan.

Vangʻozidagi 40 gektarli „Bogʻi Farovon“ va boshqa hududlardagi yirik bogʻlar uning davrida barpo etilgan.

Nusrat Hikmatov „paxta ishi“da ayblanib ishdan olingan. Ushbu jinoiy ish boʻyicha 1986-yilda partiya safidan chiqarilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. 1985-yilning 25-dekabridan 1988-yil 27-iyungacha qamoqda saqlangan[1]. 1986-yil 26-iyundan 30-iyunga qadar Qiziltepa paxta zavodi klubida viloyat sudining aʼzosi H.Nazarov raisligida Nusrat Hikmatov ustidan sud jarayoni boʻlib oʻtgan. 1-iyun kungi hukmda OʻzSSR Jinoyat kodeksining 149-, 149¹, 155-, 152-moddalarining II qismi va 119¹ moddalari bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllangan. Mol-mulki musodara qilingan. 30 oylik qamoqda saqlashdan soʻng aybi isbotkanmagach ozod qilingan. Unga yetkazilgan 19 ming 274 soʻmlik zarar qoplab berilgan. Shuningdek, sud kollegiyasi SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yilning 18-mayida chiqqan Farmoniga koʻra, asossiz ayblangan Nusrat Hikmatovni 3 oy davomida avvalgi ishiga tiklash, imkoni boʻlmasa, shunga baravar vazifa bilan taʼminlash huquqini berdi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Р. Мақсудов, Қ.Ражабов. Қизилтепа тумани: кеча ва бугун. Sahhof 2021 — 167 bet. ISBN 978-9943-66-65-1-1. 
  2. Ne’mat Aminov „Vahshat chig‘irig‘i“. Qaraldi: 25-iyul 2023-yil.