Nur-Sulton shahridagi Vatan himoyachilari sharafiga yodgorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vatan himoyachilari sharafiga yodgorlik[1] (boshqa manbalarda, shuningdek, Vatan himoyachilari yodgorligi[2], "Otan korgaushilar" monumenti, „Ona-Vatan“ monumenti[3]; qozoqcha: Отан қорғаушылар) — Nur-Sultondagi yodgorlik, 2001-yilda Vatan himoyachilari maydoniga oʻrnatilgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik 37,5 m balandlikdagi bronza yodgorlik toshi boʻlib, pastga qarab kengaygan poydevor va balandligi 24 m stelaning oʻzidan iborat. Kompozitsiyaning haykaltaroshlik yechimi — 101 boshoqli dastaga oʻxshatib keltirilgan tasviridir. Boshoqlar soni Qozogʻistonda yashovchi barcha xalqlarning birligini anglatadi. Stela asosining bir tomonida qoʻlida zarhal piyolani qoʻlida tutib turgan Ona-Vatan timsoli boʻlgan ayol siymosi[1][4][5] oʻrnatilgan. Yodgorlik uchun 63 tonna Qaragʻanda bronzasi material sifatida xizmat qildi[6].

Stelaning etagida bir zarrasi Olma-Otadagi 28-gvardiyachi Panfilov nomidagi bogʻdan olib kelingan Mangu olov yonib turadi. Chap va oʻngda ikkita barelyef[5] joylashtirilgan. Chapdagi barelyefda jungor gʻoliblari qozoq botirlar, oʻng tomonda sovet askarlari tasvirlangan.

Loyiha arxitektorlari A. Beksultanov va N. Konopoltsev.

Rasmiy tadbirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda boʻlajak yodgorlik oʻrniga tamal toshi qoʻyilgan edi. Marosimda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev[1] ishtirok etgan.

Yodgorlik 2001-yil 9-mayda Gʻalaba kuni munosabati bilan tantanali ravishda ochildi.

Gʻalaba kuniga bagʻishlangan tadbirlar doirasida har yili monumentga gullar qoʻyiladi[1]. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar rahbarlarining Qozogʻistonga rasmiy tashriflari chogʻida ham gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtgan. Ular orasida Aleksandr Lukashenko[7], Mun Chje In[8], Angela Merkel[9], Sadir Japarov[10] bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ровно 15 лет прошло со дня открытия Монумента защитникам Отечества в Астане“ (ru). Informburo.kz (2016-yil 9-may). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  2. Серик Сабеков. „День госсимволов: К монументу Защитников Отечества возложили цветы“ (ru). МИА «Казинформ» (2020-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  3. „Монумент «Отан Қорғаушылар» («Родина-Мать»)“ (ru). Караван-Афиша. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  4. {{{заглавие}}}.
  5. 5,0 5,1 „История Казахстана в памятниках и картинах. Казахстан 1941-1960 гг.“ (ru). «Тарих» - История Казахстана - школьникам. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  6. „Монумент «Отан коргаушылар»“ (ru). Арриво - путеводитель, авиабилеты, отели, страны, путешествия, туризм. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  7. „Александр Лукашенко возложил цветы к монументу «Отан қорғаушылар» в Нур-Султане“ (ru). МИА «Казинформ» (2019-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  8. „Президент Республики Корея возложил цветы к монументу «Отан қорғаушылар»“ (ru). Хабар 24 (2019-yil 22-aprel). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  9. „Deepening partnership with Kazakhstan“ (ru). Bundeskanzlerin (2010-yil 18-iyul). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  10. „Садыр Жапаров завершил государственный визит в Казахстан“ (ru). 24.kg (2021-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.