Bahodir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahodir, botir — 1) Oʻrta asrlarda turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida janglarda koʻrsatgan ulkan jasorati va qahra-monligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chiigaziylar davrida Chingizxon avlodidan boʻlmagan zodagonlar, yirik lashkar-boshilarga B. uivoni berilgan. Keyinchalik B. maʼnosining ushbu ijtimoiy xu-susiyati yoʻqoladi va B. moʻgʻul zodagonlariniig tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarniig fikricha, B. turkiy-moʻgulcha botir soʻzining forscha shaklidir. 2) Chingazxon hukmronligi za-mopida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chiitizxon 1203 y. keroyitlar ustidan gʻalaba qilgandan keyin tashkil etilgan. Blar 1000 kishidan iborat boʻlgan. Tarixchi Nasavitshg (13-asr) maʼlumotiga koʻra, 1221—22 ylarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. Blar urush vaqtida ilgʻor qism (avangard) bilan birga harakat kilgan. tinchlik vaqtlarida esa xon qarorgohini qoʻriqlagan.