Nuh ibn Nasr Axsikatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nuh ibn Nasr Axsikatiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Nuh ibn Nasr Axsikatiy — (XI asrda vafot etgan) muhaddis olim.

Toʻliq ismi — Nuh ibn Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Amr ibn Fazl ibn Abbos ibn Horis Fargʻoniy Axsikatiy boʻlib hadis ilmida nom chiqargan. Garchi, hadis rivoyat qilish bilan dong taratgan boʻlmasa ham, juda koʻp hadis bilganligi maʼlum. Iroq, Shom va Xurosonda hadis tinglagan. Buxoro shayxlaridan hadis yozib olganligi haqida maʼlumotlar bor. „Muʼjamu-l-buldon“ asarida ikki ustozi va bir shogirdi haqida zikr qilingan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Қориев О.А. Фарғона фиқҳ мактаби ва Бур-ҳониддин ал-Марғиноний. – Б. 53.