Nitssa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nitssa — Fransiyaning jan. qismidagi shahar, Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Nitssa tarixiy viloyati va Soxilboʻyi Alpi departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 345,9 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Moviy qirgʻoqdagi muhim kurort markazlaridan. Kishi iliq, quyoshli (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 7°), yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 22°). Yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi. Aholisining katta qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, parfyumeriya, mebel, elektrotexnika va boshqa sanoat korxonalari mav-jud. Esdalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi. Shahar chekkasida gulchilik va mevachilik rivojlangan. N.da universitet, turli muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 17—18-asrlarga oid sobor, cherkov, saroylar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil