Kontent qismiga oʻtish

Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
INSEE logosi

Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (fransuzcha: Institut national de la statistique et des études économiques: qisqartmasi INSEE (fransuzcha talaffuzi: ​[inse])) Fransiya milliy statistika byurosidir. Bu byuro Fransiya iqtisodiyoti va uning aholisi haqida maʼlumot toʻplaydi va vaqti-vaqti bilan aholini roʻyxatga olishni amalga oshiradi. Bosh shtab-kvartirasi Parij janubidagi Montrouge kommunasida joylashgan. INSEE 1946-yilda Vishi rejimining „Milliy statistika servisi“ vorisi oʻlaroq tashkil etilgan. U Institut national d'études démographiques (INED) bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Direktorlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1946—1961: Francis-Louis Closon
  • 1961—1967: Claude Gruson
  • 1967—1974: Jean Ripert
  • 1974—1987: Edmond Malinvaud
  • 1987—1992: Jean-Claude Milleron
  • 1992—2003: Paul Champsaur
  • 2003—2007: Jean-Michel Charpin
  • 2007—2012: Jean-Philippe Cotis
  • 2012—hozirgacha: Jean-Luc Tavernier