Fransisk I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fransisk I (Francois I) (1494— 1547) — Fransiya qiroli (1515 yildan). Valua sulolasidan. F. I ning siyosati Fransiyani mutlaq monarxiyaga aylantirishga qaratilgan. 1494—1559 yil lardagi Italiya urushlari davrida Marinyano jangida (1515) gʻalaba qozongan; Pavia yonida asir olingan (1525); asirliqdan qaytib kelgach, 1527 yil harbiy harakatlarni qayta boshlagan.