Nikola Vaptsarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikola Vaptsarov
Tavalludi 7-dekabr 1909-yil
Bansko, Usmonlilar imperiyasi (hozir Bolgariya
Vafoti 23-iyul 1942-yil(1942-07-23)
(32 yoshda)
Sofiya, Bolgariya
Fuqaroligi Usmonlilar imperiyasi
Bolgariya
Millati bolgar
Sohasi Shoir, kommunist va inqilobchi
Mashhur ishlari Motor Songs

Nikola Vaptsarov (bolgarcha: Никола Йонков Вапцаров; 1909-yil 7-dekabr — 1942-yil 23-iyul) — bolgariyalik[1] yozuvchi, kommunist va inqilobchi[2][3][4]. Nikola qisqa umr kechirgan boʻlib, 1909-yilda oʻsha vaqtda Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kiruvchi Bansko shahrida tavallud topgan. U umrining koʻp qismini mashinistlikka sarflagan boʻlib, faqat boʻsh vaqtlarida yozuvchilik bilan shigʻullangan. Nikola bor yoʻgʻi bitta sheʼriy kitob chop ettirganiga qaramay, Bolgariyaning eng muhim shoirlari qatoridan joy olgan. Nikola 1942-yil 23-iyulda Boris III hukumatiga va Bolgariyadagi nemis qoʻshinlariga qarshi yashirin kommunistik faoliyati tufayli Vaptsarov hibsga olindi, sud qilindi, oʻlimga hukm qilindi va oʻsha kechasi otib oʻldirildi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikola Bansko shahrida tugʻilgan boʻlib[5], u Varnadagi dengiz mashinasozlik maktabida mashina muhandisi sifatida oʻqitigan. Keyinchalik bu maktab uning nomi bilan atalgan[6]. Uning birinchi xizmati mashhur Drazki torpedo qayigʻida boʻlgan. 1932-yil aprel va may oylarida Vaptsarov Burgas kemasining ekipaj aʼzosi sifatida Istanbul, Famagusta, Iskandariya, Bayrut, Port Said va Hayfaga tashrif buyurgan.

Keyinchalik u Kocherinovo qishlogʻidagi zavodga ishga kirdi va dastlab stoker, keyin esa mexanik boʻlib ishladi. U zavodda ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi uyushma raisi etib saylandi. Vaptsarov oʻz isteʼdodiga sodiq edi va boʻsh vaqtini havaskor teatr asarlarini yozish va ularni tartibga solish bilan oʻtkazardi. U 1936-yilda texnik nosozlik tufayli ishdan boʻshatilgan. Bu boqea uni Sofiyaga koʻchib oʻtishga majbur qildi va u yerda davlat temir yoʻl xizmatida ishladi[7]. U bir vaqtning oʻzida ijod qilishni ham davom ettirdi, bir qator gazetalarda uning sheʼrlari chop etildi. Uning „Romantika“ sheʼri sheʼriy tanlovda gʻolib chiqdi.

Vaqt oʻtishi bilan Vaptsarov koʻplab kommunistik gʻoyalarni oʻziga singdirdi va mafkuraviy harakatda faol ishtirok eta boshladi[8]. 1940-yilda u „Sobolev harakati“ deb nomlangan tadbirda qatnashib, Bolgariya va SSSR oʻrtasidagi doʻstlik shartnomasi uchun imzolarni toʻpladi. Noqonuniy faoliyati uchun uni hibsga olishdi va Godech qishlogʻiga olib kelishdi. 1940-yil sentabr oyida ozodlikka chiqqandan soʻng, Vaptsarov Bolgariya Kommunistik partiyasi Markaziy Harbiy Qoʻmitasida ishladi. Uning vazifasi kommunistik qarshilik uchun qurol va hujjatlarni yetkazib berishni tashkil etish edi. U 1942-yil mart oyida hibsga olingan. 1942-yil 23-iyulda u oʻlimga hukm qilingan va oʻsha kuni kechqurun boshqa 11 kishi bilan birga otib tashlangan.

Adabiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning yagona nashr etilgan sheʼriy kitobi — Motor qoʻshiqlari (1940) edi[8].

Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yilda Bolgariya dengiz akademiyasi Nikola Vaptsarov nomidagi dengiz akademiyasi deb oʻzgartirildi. 1953-yil 3-dekabrda u vafotidan keyin Xalqaro tinchlik mukofotini oldi. Uning Tanlangan sheʼrlari 1954-yilda Londonda Lourens va Uishart tomonidan nashr etilgan boʻlib, ingliz shoiri Piter Tempest soʻzboshisi bilan ingliz tiliga tarjima qilgan. Uning sheʼrlari dunyoning 98 tiliga tarjima qilingan. Antarktidaning Livingston orolining sharqiy qismidagi Vaptsarov choʻqqisi usbu mashhur bolgar shoiri sharafiga nomlangan. Bugungi kunda Nikola Vaptsarovning Banskoda bolalikdagi uyi va Sofiyadagi yashagan uyi muzeyga aylantirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. From a police investigation of 13 December 1940, regarding the arrest of the poet because of his poem „Selska Chronicle“: … I am named Nikola Yonkov Vaptsarov, resident of Sofia, 37 Angel Kunchev Street, religion — Eastern Orthodox, nationality — Bulgarian, marital status — married, occupation — machine technician, born in 1909 ….
  2. France, Peter. The Oxford guide to literature in English translation. Oxford University Press, 2000 — 194 bet. ISBN 978-0-19-818359-4. 
  3. The Princeton Encyclopedia of Poetry and Poetics, Stephen Cushman et al., Princeton University Press, 2012, ISBN 1400841429, p. 169.
  4. The History of Bulgaria, The Greenwood Histories of the Modern Nations Series, Frederick B. Chary, ABC-CLIO, 2011, ISBN 0313384460, pp. 143-144.
  5. Rough Guides. The Rough Guide to Europe 2004, 2003 — 193 bet. ISBN 9781843531081. 
  6. „The Nikola Vaptsarov Museum in Bansko“ (21-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 6-may 2020-yil.
  7. „БДЖ организира пътуване с парния локомотив Баба Меца“ (9-may 2019-yil). Qaraldi: 6-may 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 „Bulgarian literature“. Encyclopædia Britannica (20-iyul 1998-yil). Qaraldi: 6-may 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]