Nico Schulz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nico Schulz
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nico Schulz
Tavallud sanasi 1-aprel 1993-yil (1993-04-01) (31 yosh)
Tavallud joyi Berlin, Germaniya
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
BSC Rehberge Berlin
2000-2010 Hertha BSC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010-2012 Hertha BSC II 23 (0)
2010-2015 Hertha BSC 92 (2)
2015-2017 Borussia Mönchengladbach 13 (1)
2017-2019 1899 Hoffenheim 57 (2)
2019- Borussia Dortmund 40 (1)
Milliy terma jamoa
2008-2009 Germaniya U16 11 (0)
2009-2010 Germaniya U17 12 (0)
2010-2011 Germaniya U18 2 (0)
2011-2012 Germaniya U19 11 (4)
2013-2015 Germaniya U21 14 (2)
2018- Germaniya 12 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 11-noyabr uchun)

Nico Schulz (1993-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing Borussia Dortmund klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schulz futbol oʻynashni boshlaganida to 2000-yilgacha Berlinning BSC Rehberge jamoasida oʻynagan va 7 yoshida Hertha BSCga jamoasiga qoʻshilgan. U yosh oʻyinchi sifatida yaxshi oʻyin koʻrsatadi va Liverpool eʼtiborini tortadi. Biroq Liverpool tomonidan tushgan taklifni rad etadi[2]. Keyingi yillarda u Herthaning yoshlar jamoalarida oʻynaydi va 2009-2010-yilda U19 DFB-Pokal musobaqasi finaliga chiqadi. Ammo 1899 Hoffenheimga qarshi final oʻyinida magʻlubiyatga uchrab, ikkinchi oʻringa sazovor boʻlishadi.

Keyingi yil yozida Schulz professional futbolga oʻtadi[3]. U 2010-yilning 14-avgustida DFB-Pokalning birinchi bosqichida SC Pfullendorfga qarshi oʻyinda 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan[4]. Keyingi ikki mavsumda Schulz muntazam zaxirada qolar edi. U Hertha BSC jamoasi safidagi birinchi golini 2013-yilning 30-martida VfL Bochumga qarshi oʻyinda kiritadi.

2015-yilning 18-avgustida Schulz 4 yillik shartnoma asosida Mönchengladbachning Borussia jamoasiga oʻtadi[5]. 2017-yilda esa Hoffenheim 1899 bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va 2019-yil 22-maygacha jamoa safida qoladi[6].

2019-yilning 22-mayida Schulz Julian Brandt va Torgan Azar bilan birga Borussia Dortmund jamoasiga o‘tadi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schulz 2018-yilning 29-avgustida Germaniya terma jamoasining 2018-2019-yilgi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yinida va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya terma jamoasiga chaqirildi[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning akasi Jan Luka Schulz ham professional futbolchi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol Mavsum Liga Kubok Qitʼalararo Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hertha BSC 2010-11 2. Bundesliga 21 0 2 0 23 0
2012-13 2. Bundesliga 20 1 0 0 20 1
2013-14 Bundesliga 23 0 1 0 24 0
2014-15 Bundesliga 28 1 1 0 29 1
2015-16 Bundesliga 1 0 1 0 2 0
Jami 93 2 5 0 98 2
Hertha BSC II 2010-11 Regionalliga Nord 8 0 8 0
2011-12 Regionalliga Nord 14 0 14 0
2012-13 Regionalliga Nordost 1 0 1 0
2013-14 Regionalliga Nordost 1 0 1 0
Jami 24 0 24 0
Borussia Mönchengladbach 2015-16 Bundesliga 1 0 0 0 1 0 2 0
2016-17 Bundesliga 12 1 1 0 3 0 16 1
Jami 13 1 1 0 4 0 18 1
Borussia Mönchengladbach II 2016-17 Regionalliga West 2 0 2 0
1899 Hoffenheim 2017-18 Bundesliga 27 1 2 0 5 1 34 2
2018-19 Bundesliga 30 1 2 1 5 0 37 2
Jami 57 2 4 1 10 1 71 4
Borussia Dortmund 2019-20 Bundesliga 11 1 3 0 3 0 1 0 18 1
2020-21 Bundesliga 13 0 2 0 3 0 1 0 19 0
2021-22 Bundesliga 16 0 1 0 6 0 1 0 24 0
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 40 1 6 0 12 0 3 0 61 1
Faoliyatida jami 229 6 16 1 26 1 3 0 274 8

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2018 4 1
2019 6 1
2020 2 0
Jami 12 2
Niko Shuls tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 9-sentyabr Rhein-Neckar-Arena, Sinsheim, Germaniya  Peru 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2019-yil 24-mart Yoxan Kroyff Arena, Amsterdam, Gollandiya  Niderlandiya 3-2 3-2 UEFA Evro-2020 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hertha BSC

  • Bundesliga : 2010-2011

Borussia Dortmund

  • DFB-Pokal : 2020-2021
  • DFL-Superkubogi : 2019

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nico Schulz“. 2022-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
  2. „Vom Kind zum Profi“ (de). Focus (2008-yil 4-avgust). Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  3. „Der Tag bei Hertha“ (de). bz-berlin.de (2010-yil 10-iyul). Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  4. Einsiedler, Martin. „Herthas erste Pflicht ist erfüllt“ (de). Der Tagesspiegel Online. Der Tagesspiegel (2010-yil 14-avgust). Qaraldi: 2012-yil 4-avgust.
  5. „Borussia verpflichtet Nico Schulz von Hertha BSC“. 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  6. „TSG VERPFLICHTET NICO SCHULZ“ (de). achtzehn99.de (2017-yil 8-iyul).
  7. „Thorgan Hazard, Julian Brandt, Nico Schulz: Borussia Dortmund buy big and early“. dw.com (2019-yil 23-may).
  8. Penfold, Chuck. „Joachim Löw unveils first post-World Cup squad“. dw.com. Deutsche Welle (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  9. Warning. „Hansa verpflichtet Gian Luca Schulz als ersten Neuzugang“ (de). Sportbuzzer.de (2020-yil 9-iyul). 2022-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  10. „Die kicker-Elf des Jahres – mit Sancho und vier Bayern (2018/19)“ (de). kicker (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.