Kontent qismiga oʻtish

Julian Brandt

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Julian Brandt
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julian Brandt[1]
Tavallud sanasi 1996-yil 2-may (1996-05-02) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Bremen,[3] Germaniya
Boʻyi 1.85 m[4]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2009 SC Borgfeld
2009—2011 FC Oberneuland
2011—2014 VfL Wolfsburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Bayer Leverkusen II 1 (1)
2014—2019 Bayer Leverkusen 165 (34)
2019– Borussia Dortmund 171 (33)
Milliy terma jamoa
2011 Germaniya U15 2 (2)
2011—2012 Germaniya U16 3 (1)
2012—2013 Germaniya U17 19 (5)
2013—2014 Germaniya U19 14 (2)
2015 Germaniya U20 6 (2)
2015—2016 Germaniya U21 8 (1)
2016 Germaniya U23 6 (0)
2016— Germaniya 48 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Julian Brandt (talaffuzi: Yulian Brandt) (1996-yil 2-may, Bremen, Germaniya) – nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Julian oʻz faoliyatini oddiy Borgfeldda boshlagan. 2009-yilda u Oberneuland oʻsmirlar jamoasiga oʻtgan va ikki yildan soʻng „Wolfsburg“ jamosiga oʻtgan. 2014-yilda isteʼdodli yarim himoyachi „Bayer 04“ klubi futbolchisiga aylangan. Uning Germaniya oliy ligasidagi debyuti 2014-yilning 15-fevralida "Schalke 04" jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan[5]. U Chempionlar ligasidagi debyutini uch kundan keyin Paris Saint-Germanga qarshi oʻtkazgan[6]. 2014-yilning 4-aprelida Julian Germaniya chempionatidagi ilk golini „Gamburger SV“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[7].

2019-yilning 22-may kuni Julian Dortmundning „Borussiya“ jamosiga oʻtgan, shartnoma 2024-yilgacha moʻljallangan[8]. „Augsburg“ jamoasiga qarshi debyutida u birinchi golini urgan[9].

Jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Julian Germaniya terma jamoasini bir necha yosh toifalarida himoya qilgan. Yoshlar toifasidagi erishgan eng katta yutugʻi qitʼa kubogi kumush medali.

19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida u 2014-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan Brandt Germaniya Olimpiya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u bilan 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Julian birinchi marta 2016-yilda Yevropa chempionati uchun ariza topshirgan lekin kutilmagan holda kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U butun turnirni zaxirada oʻtkazgan va unda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2017-yilda u Konfederatsiyalar kubogi gʻolibiga aylangan. 2018-yilgi jahon chempionatida qatnashgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Bayer Leverkusen 2013—2014 Bundesliga 1220020142
2014—2015 2544060354
2015—2016 299311204410
2016—2017 3230081404
2017—2018 349533912
2018—2019 33732714310
Jami 1653415635221542
Borussia Dortmund 2019—2020 Bundesliga 333227200427
2020—2021 313508011454
2021—2022 319207000409
Jami 9515922221112720
Karyerada jami 260492485741134262

Terma jamoadagi oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkazilgan oʻyinlar: 23

Urilgan gollar: 2

Gʻalaba: 14

Durang: 2

Magʻlubiyat: 7

„Wolfsburg“
  • Germaniya chempioni (19 yoshgacha) : 2013-yil
„Borussiya Dortmund“
  • Germaniya kubogi sohibi: 2020—2021; Germaniya terma jamoasi
  • Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar) : 2014-yil
  • Olimpiada kumush medali sovrindori: 2016-yil
  • Konfederatsiyalar kubogi sohibi: 2017-yil
  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Julian Brandt: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  3. „Julian Brandt: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  4. „Julian Brandt“. Borussia Dortmund. 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
  5. „Bayer Leverkusen vs. Schalke 04 1 - 2“. Soccerway (2014-yil 15-fevral). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  6. „Bayer Leverkusen vs. PSG 0 - 4“. Soccerway (2014-yil 18-fevral). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-mart.
  7. „Hamburger SV vs. Bayer Leverkusen 2 - 1“. Soccerway (2014-yil 4-aprel). 2015-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-aprel.
  8. „Borussia Dortmund verpflichtet Julian Brandt“. 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  9. „Borussia Dortmund vs. Augsburg - 17 August 2019 - Soccerway“. int.soccerway.com. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.