Nick Viergever

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nick Viergever
Viergever Ajax safida, 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-avgust 1989-yil (1989-08-03) (34 yosh)
Tavallud joyi Capelle aan den IJssel, Niderlandiya
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Utrecht
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sparta Rotterdam
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Sparta Rotterdam 30 (0)
2010—2014 AZ 110 (5)
2014—2018 Ajax 84 (6)
2015 Jong Ajax 4 (0)
2018—2021 PSV 75 (3)
2021—2022 Greuther Fürth 24 (0)
2022— Utrecht 0 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Niderlandiya U21 5 (0)
2012—2017 Niderlandiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-may uchun)

Nick Viergever (talaffuzi: Nik Virgever[2]; 1989-yil 3-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Utrecht klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Gollandiya milliy futbol terma jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Rotterdam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viergever 2015 yilda „Ajax“ da oʻynagan

Viergever faoliyatini Sparta Rotterdam klubida boshlagan. 2009-yil 10-may kuni NECga qarshi oʻyinning ikkinchi boʻlimda Edvin van Bueren oʻrniga maydonga tushib Erediviziyadagi debyutini nishonladi (1:1). Klubdagi ikki mavsumida 30 ta oʻyinda ishtirok etib birorta ham gol ura olmagan

AZ Alkmaar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning yozida Viergever AZga oʻtdi. 2012—2013-yilgi mavsum boshida sardor etib tayinlandi.

Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 24-mayida Viergever Ajax bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[3]. Viergever UEFA Yevropa ligasi chorak finalida Schalke 04ga qarshi oʻyinning 110-daqiqasida „Ajax“ safida muhim gol urdi. Mehmondagi gollar qoidasiga muvofiq klub keyingi bosqichga yoʻl oldi[4].

PSV[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 2-may kuni Viergever PSV Eindhoven bilan shartnoma imzoladi. Viergever „Ajax“ning azaliy raqibiga oʻtish bilan bogʻliq mojarolarni tushunganini, ammo Erediviziya chempioni bilan shartnoma imzolaganidan xursand ekanligini aytgan[5].

Greuther Fürth[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viergever 2021-yil 31-avgustda, 2021-yil yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Bundesliga vakili Greuther Fürthga oʻtdi. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[6].

Utrecht[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 16-mayda Viergever Utrecht bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 7-mayida Viergever Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk Viergeverni Yevro-2012 turniri uchun 36 nafar vaqtinchalik tarkibga kiritdi. Yangi murabbiy Louis van Gaal qoʻl ostida 2012-yilning 15-avgustida Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (4:2) debyut qildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-may, 2022-yil
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sparta Rotterdam 2008—2009 Erediviziya 1 0 0 0 1 0
2009—2010 29 0 3 0 3 0 35 0
Jami 30 0 3 0 0 0 3 0 36 0
AZ 2010—2011 Erediviziya 16 0 0 0 3 0 19 0
2011—2012 30 2 5 1 14 0 49 3
2012—2013 31 0 6 0 2 0 39 0
2013—2014 33 3 5 0 13 2 51 5
Jami 110 5 16 1 32 2 0 0 158 8
Ajax 2014—2015 Erediviziya 26 2 3 0 9 1 1 0 39 3
2015—2016 17 0 1 0 1 0 0 0 19 0
2016—2017 29 2 1 0 13 2 43 4
2017—2018 12 2 2 0 4 0 18 2
Jami 84 6 7 0 27 3 1 0 119 9
PSV Eindhoven 2018—2019 Erediviziya 34 3 0 0 8 0 1 0 43 3
2019—2020 23 0 2 0 12 0 0 0 37 0
2020—2021 17 0 1 0 4 0 22 0
2021—2022 1 0 0 0 1 0 0 0 2 0
Jami 75 3 3 0 25 0 1 0 104 3
Greuther Fürth 2021—2022 Bundesliga 24 0 0 0 24 0
Jami faoliyati 323 14 29 1 84 5 5 0 441 21

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

31-may, 2017-yil holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Niderlandiya 2012 1 0
2017 2 0
Jami 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

AZ

Ajax

PSV Eindhoven

  • Johan Cruyff Shield: 2021[9]

Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nick Viergever“. Ajax.nl. Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
  2. Viergever in isolation: [ˈviːrɣeːvər].
  3. „'Ajax onderneemt snel actie en legt Viergever voor vier seizoenen vast'“. www.voetbalprimeur.nl. Voetbalprimeur. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
  4. „'Highlights: See how Ajax dramatically denied Schalke'“. www.uefa.com. UEFA. Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  5. „'Viergever per ingang van komend seizoen PSV'er'“. Qaraldi: 2018-yil 2-may.
  6. „Greuther Fürth verpflichtet Nick Viergever von PSV Eindhoven“ (de). kicker (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  7. „FC Utrecht haalt ervaren Nick Viergever“ (nl). Utrecht (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
  8. „2016/17: United win it for Manchester“. UEFA (2017-yil 30-may).
  9. „Super Cup“. Soccerway. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.