Navandak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Navandak, Navand — oʻrta asrdagi Chagʻoniyon shaharlaridan biri (5618-asrlar). Baʼzi olimlar fikricha, "N." atamasi "nav" va "xandaq"dan olinib "yangi xandaq" maʼnosini anglatgan. "N." nomi "navand" ("choparlar") soʻzining kichraytirilgan shakli deb qarashlar ham bor (Sh. Kamoliddinov). 12-asrda Balxdagi mahallalardan va Samarqand darvozalaridan biri "Navand" deb atalgan. 15-asr oxirida temuriylar davrida N.da zarbxona boʻlgan, bu yerda "Navand" deb bitilgan mahalliy mis tangachalar chiqarilgan. Surxondaryo viloyatidagi Uzun shahridan 3 km shim.sharqda joylashgan Kofirqalʼa (yoki Novandaktepa) shahar harobasi oʻrnida boʻlgan deb hisoblanadi. Shahar xandaq (keng-ligi 50 m) bilan oʻralgan mustahkam ark, shahriston (450×450 m) va katta raboddan tashkil topgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil