Natalya Shikolenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Shikolenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 1-avgust 1964-yil (1964-08-01) (59 yosh)
Andijon, Oʻzbekiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Vazni 70 kg (154 lb)
Sport
Mamlakat Sovet Ittifoqi (1987—1991)
Birlashgan jamoa (1992)
Belorussiya bayrogʻi Belarus  (1993—1996)
Qaysi sport Yengil atletika
Pozitsiyasi Nayza uloqtirish

Natalya Shikolenko (belaruscha: Натальля Шыкаленка; 1964-yil 1-avgustda Oʻzbekistonning Andijon shahrida tugʻilgan) Dastlab SSSR keyinchalik esa Belarus yengil atletika boʻyicha terma jamoasi nomidan nayza uloqtiruvchi sportchi sifatida qatnashdi. U Olimpiada ikki terma jamoasi tarkibida ham kumush medali va jahon chempionati oltin medalini qoʻlga kiritdi[1].

Uning singlisi Tatyana Shikolenko ham muvaffaqiyatli nayza uloqtiruvch sportchi bo‘lib, dastlab Belarus davalati sharafini himoya qilgan, lekin keyinchalik 1996-yilda Rossiya olimpiya jamoasi safiga o‘tgan.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yilda u nayza uloqtirish boʻyicha musobaqalarda oʻsmirlar oʻrtasida SSSR chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qurolli Kuchlarining sport jamoasida xizmat qilgan. 1987-yilda u Rimda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida qatnashdi. 1988-yilda u yengil atletikaning nayza uloqtirish boʻyicha Yevropa kubogini qoʻlga kiritdi.

1991-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtida oyogʻidan jiddiy jarohat oldi, ammo shunga qaramay musoboqada qatnashish uchun oʻzida kuch topa oldi. Musoboqada oʻzi istaganidek qatnasha olmagan Natalya yakunda 11-oʻrinni egalladi. Keyinchalik Natalyaning sogʻligʻi juda tez yaxshilandi va tez orada sport formasini tikladi. Jaroxatdan forigʻ boʻlgib qatnashgan birinchi musoboqasidayoq (1992-yilda u oʻsha paytdagi dunyodagi eng yaxshi natija bilan SSSR chempionatida gʻolib chiqdi) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

1993-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida nayza uloqtirish turida u bronza medalini qoʻlga kiritdi (natija — 65,64 m), 1995-yilda Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida esa avvalgi natijasini yaxshilab oltin medalga sazovor boʻldi(natija — 67,56 m). 1992-yilda Barselonadagi Olimpiadada Natalya kumush medalni qoʻlga kiritdi va chempionlikni Germaniya vakilasi sportchi Silke Rankga boy berdi[2]. AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida u oʻzining uchinchi urinishida videokamera harakatlanayotgan simga tegib, musboqada 12-oʻrinni egalladi. Bugungi kunda „Dinamo“ BFST 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Sport yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayza uloqtirishdagi shaxsiy rekordi 71,40 m tashkil etadi (1994-yilda Olimpiada turnirida qayd etgan). Bir necha bor SSSR chempionatlari sovrindori, olti karra SSSR chempioni (1988-1992), MDH chempioni va rekordchisi (1992), Yevropa va jahon kubogi sovrindori (1994), Oʻzbekiston SSR xalqlari sport oʻyinlari gʻolibi (1986, 1990), jahon chempioni (1995), 1992-yilgi XXV Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori hisoblanadi[3].

SSSR bayrogʻi SSSR terma jamoasi tarkibida
1987 Jahon chempionati Rim, Italy 14th (q) Javelin 60.40 m
1990 Yaxshi niyat oʻyinlari Seattle, United States 1st Nayza uloqtirish 61.62 m
Yevropa chempionati Split, Yugoslavia 12th Javelin 53.98 m
1991 Jahon chempionati Tokiyo Yaponiya 11th Nayza uloqtirish 58.82 m
Birlashgan jamoa terma jamoasi tarkibida
1992 Olimpiada oʻyinlari Barselona Ispaniya 2nd Nayza uloqtirish 68.26 m
Belorussiya bayrogʻi Belarus terma jamoasi tarkibida
1993 Jahon chempionati Stuttgart, Germany 3rd Nayza uloqtirish 65.64 m
1994 Yevropa chempionati Helsinki, Finland 14th (q) Nayza uloqtirish 55.08 m
1995 Jahon chempionati Gothenburg, Sweden 1st Nayza uloqtirish 67.56 m
1996 Olimpiada oʻyinlari Atlanta, United States 12th Nayza uloqtirish 58.56 m

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. International Olympic Committee (IOC). „Natalia Shikolenko“. 2017-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  2. „Asociación Internacional de Federaciones de Atletismo IAAF“. 2019-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  3. „"Семейное" копьё“ (ru). Звязда (6 чэрвеня 2014). Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.[sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishdoshi:
Norvegiya Trine Hattestad
Womenʼs Javelin Best Year Performance
1992
Vorisi:
Norvegiya Trine Hattestad
Oʻtmishdoshi:
Norvegiya Trine Hattestad
Womenʼs Javelin Best Year Performance
1994 — 1995
Vorisi:
Germaniya Steffi Nerius