Narpay dostonchilik maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Narpay dostonchilik maktabi — repertuar birligi, ustoz-shogird munosabatlari, ijro usullari bilan boshqa baxshilardan ajralib turgan dostonchilar guruhi. Narpay dostonchilik maktabim. Ernazar shoir, Rajab shoir, Toʻxtamish, Abduxoliq, Islom Nazar oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Zohir Qoʻchqor oʻgʻli, Ziyodulla Islomov kabi baxshilarni oʻzida birlashtirgan. Bu maktab vakillari Narpay, Kattaqoʻrgʻon, Jom, Kogon, Muborak, Karshi atroflarida mashhur boʻlganlar. Ulardan "Orzigul", "Sohibqiron", "Erali va Sherali", "Kuntugʻmish", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Hasanxon", "Zulfizar bilan Avazxon", "Gu-lixiromon", "Xirmondali" kabi dostonlar yozib olingan. Ularning aksa-riyati nashr etilgan.

Anʼanaviy repertuarning chuqur xalqchilligi va zamonaviyligi Narpay dostonchilik maktabi m. ning oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu maktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirdilar. Shunga koʻra, Narpay dostonchilik maktabim. vakillaridan yozib olingan dos-tonlarda Oytoʻra, Xolyor, Qingʻir chol, Dono choʻpon, Hamro bogʻbon, Us t a Olim, Umar, Qulmaloyik kabi keng mehnat-kashlar ommasining turli tabaqalariga oid xilma-xil obrazlar yaratilgan. Boshqa maktablarning vakillarida bu xil obrazlar (Kayqubod, Janjalkal, kambagʻal chol, oʻtinchi va boshqalar) anʼanaviyligi bilan ajralib turadi.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil