Nanay tili
Jump to navigation
Jump to search
Nanay tili — tungus-manjur tillariaan biri. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk va Primorye oʻlkalari va qisman Xitoyda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 8 mingdan ortiq. 3 lahjaga boʻlinadi: amur (ussuri), ku-rurmi, sungari. Amur laxjasining nayxin shevasi adabiy Nanay tiliga asos boʻlgan. Nanay tili fonetikasi unlilarning koʻpligi, sintaksisi esa sodda gaplarning qoʻshma gaplarga nisbatan koʻp qoʻllanishi hamda aniklanmish — aniklovchi moslashuvining yoʻkligi bilan ajralib turadi.
Rossiya Federatsiyasidagi Nanay tili uchun 1931 yilda lotin grafikasi asosida, 1963. yilda rus grafikasi asosida yozuv yaratilgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |