Nail Yusupov
Nail Yusupov | |
---|---|
Tavalludi |
1930-yil 1-mart |
Vafoti |
2010-yil 10-yanvar Kirovskiy, Qozon, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Bolalari | Alfiya Yusupova |
Mukofotlari |
Mehnat Qizil Bayroq Ordeni "Shon-sharaf belgisi" ordeni |
Nail Habibovich (Habibullovich) Yusupov (1930-yil 1-mart, Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Jalaquduq tumani Oxunboyev qishlogʻi — 2010-yil 10-yanvar, Rossiya) — sovet va rus partiyasi aʼzosi. 1986—2003-yillarda „Kazanorgsintez“ ommaviy aksiyadorlik jamiyati direktori, Qozon faxriy fuqarosi (2007)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nail Yusupov 1930-yilning 1-mart sanasida Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Jalaquduq tumani Oxunboyev qishlogʻida tavallud topgan[2].
1953-yilda Qozon kimyo-texnologiya institutining mexanika fakultetini „Kimyo zavodlari uskunalari“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ish faoliyatini oʻzi bitirgan institut kafedrasida katta laborant lavozimida boshlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1953-yil oxirida Yusupov Tumutuk mashina-traktor stantsiyasining bosh muhandisi etib tayinlanadi, u yerda SSSRda MTC faoliyati tugatilgunga qadar ishlaydi.
1958-yildan 1960-yilga qadar Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Tatar viloyati qoʻmitasida instruktor boʻlib xizmat qilgan. 1962-yilda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan va KPSS Tatar viloyat qoʻmitasining partiya organlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari etib tayinlangan[3]. 1962-yil dekabridan 1964-yil dekabrigacha KPSS Naberejniye chelni okrug qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlanadi (1963-yilning yanvar oyida ushbu qoʻmita qayta tashkil etiladi).
1965—1969-yillarda — KPSS Nijnekamsk shahar qoʻmitasining birinchi kotibi.
Yusupovning bevosita rahbarligida yirik neft-kimyo va shina zavodlari, uglerod qora zavodi qurib bitkazilgan, shuningdek, oziq-ovqat sanoati korxonasi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining qurilish ishlari yoʻlga qoʻyilgan, umumtaʼlim maktablari va kasalxonalar ishga tushirilgan va yirik uy-joy qurilishi amalga oshirilgan[2].
1969—1974-yillarda — KPSS Tatar viloyati qoʻmitasi neft sanoati boʻlimi mudiri. Yusupov neft qazib olish usullarini jiddiy tanqid qilgani uchun keyinchalik ishlab chiqarish boʻlimiga o‘tkazilgan[4] .
1974—1986-yillarda — V. V. Kuybishev nomidagi Qozon kimyo zavodi direktori (keyinchalik ushbu zavodga „Tasma“ deb nom berilgan). Yusupov rahbarligida rentgen va fotoplyonkalarni keng koʻlamda ishlab chiqarish ishlari yoʻlga qoʻyilgan, ushbu ishlar doirasida foydalaniladigan uskunalar Yaponiyadan keltirilgan[4].
1986-yildan 2003-yilgacha — „Organik sintez“ OAJ direktori va bosh direktori. Yusupovning bevosita ishtirokida zamonaviy uskunalar, kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish boshqaruvi yoʻlga qoʻyilgan, shuningdek, asosiy ishlab chiqarish uskunalari rekonstruksiya qilingan. U ijtimoiy infratuzilma, ijtimoiy-madaniy obyektlar, sport majmualarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratgan, shuningdek, uning rahbarligida 71 ming kvadrat metrdan ortiq shinam uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan[2].
2002-yilda Nail Yusupov „Kommersant“ jurnalining „Rossiyadagi eng professional 1000 ta menejer. Top-100“ roʻyxatida 59-oʻrinni egallagan. Oradan bir yil oʻtib, „Dengi“ jurnali uni mamlakatning 100 ta eng yirik moliyachilari qatoriga kiritadi, ushbu roʻyxatda u 67-oʻrinni egallagan[3]. Shuningdek, u neft-kimyo va kimyo sanoatida bir qator ixtirolar muallifi va hammuallifi hisoblanadi.
2003-yilda Yusupov nafaqaga chiqadi va „Ammoniy“ OAJ bosh direktorining maslahatchisi etib tayinlanadi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nail Yusupov 2010-yilning 10-yanvarida 79 yoshida Qozon shahrida vafot etadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nail Yusupov Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni va ikkita „Shon-sharaf belgisi“ ordeni[5], Rossiyaning eng yaxshi menejeri koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek,Tatariston Respublikasida xizmat koʻrsatgan kimyogar, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan kimyogar kabi bir qator unvonlar sohibi hisoblanadi.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Qozonning Kirovskiy tumanidagi yangi koʻchalardan biriga Yusupov nomi berilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pochetnie grajdane Kazani“. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 YuSUPOV Nail Xabibullovich Gazeta Respublika Tatarstan
- ↑ 3,0 3,1 Biografiya[sayt ishlamaydi] Kampediya
- ↑ 4,0 4,1 Nail Yusupov: ego nazivali „nash tatarskiy Cherchill“
- ↑ Biografiya (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan) na sayte profinews.ru
- ↑ Ulitsa imeni Nailya Yusupova poyavitsya v Kazani